19 dek 18:01
Yangiliklar
Futbol
Pulishich AQSHda yil futbolchisi deb topildi
"CHelsi" hujumkor yarim himoyachisi Kristian Pulishich 2021 yil uchun AQSHda eng yaxshi futbolchi deb topildi.
Yakunlanayotgan yilda futbolchi CHempionlar Ligasi g'olibiga aylandi.
Kristian Pulishich o'z vatanida uchinchi bor yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lmoqda. Oldinroq, u 2017 va 2019 yillarda ushbu mukofotni qo'lga kiritgandi. Pulishich uch bor ushbu sovrinni yutgan to'rtinchi o'yin bo'ldi. Oldinroq, Klint Dempsi (3ta sovrin), Lendon Donovan (4ta sovrin) va Keysi Keller (3ta sovrin) buni uddalagan edi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yili AQSHda yil futbolchisi deb Ueston Makkenni etirof etilgan edi.
Havola :
Manba : Goal
Fikrlar