14 iyu 14:33
        Yangiliklar	
	
				
				    Stol tennisi			    
				 
				
			 
				Pusandagi jahon chempionati kelasi yilga qoldirildi
Xalqaro stol tennisi federaciyasi (ITTF) ijroqo'mi Janubiy Koreyaning Pusan shahri mezbonlik qiladigan stol tennisi bo'yicha jamoaviy jahon chempionatini kelasi yilning boshiga qoldirishga qaror qildi.
			27 sentyabr — 4 oktyabr kunlarida bo'lish lozim bo'lgan musobaqada pandemiya tufayli barcha terma jamoalar ishtirok eta olmasligi sababli shunday qarorga kelingan.
Eslatib o'tamiz, aslida Pusandagi mundial dastlab 22-29 mart kunlari bo'lishi lozim edi.
O'zbekiston stol tennisi federaciyasi matbuot xizmati
            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
             
			
Fikrlar