17 dek 08:49
Yangiliklar
Futbol

Pyontek Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi
“Jenoa” klubi Italiya A Seriyasining 16-turida “Roma”ga 2:3 hisobida yutqazib qo'ydi.
Uchrashuvda “Jenoa” hujumchisi Kshishtof Pyontek o'z nomiga bitta gol yozib qo'ydi. Bu uning A Seriya joriy mavsumidagi 12-goli bo'ldi. Natijada Pyontek 11 ta gol urgan “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldudan o'zib ketdi.
Lekin 23 yoshli futbolchi 7 oktyabrdan beri ilk bor gol kiritdi. U bu orada 8 ta golsiz seriyani o'tkazdi.
Havola :
Fikrlar