13 okt 12:11
Yangiliklar
Boks/MMA
Pyotr Yan o'ta engil vazndagi jangiga 12 kun qolgandagi sport formasini ko'rsatdi (FOTO)
Rossiyalik 33 yashar UFC`ning amaldagi o'ta engil vazn (61 kg gacha) chempioni Pyotr Yan tashkilotning sobiq chempioni, gruziyalik Merab Dvalishvili bilan uchinchi jangiga 12 kun qolganida o'zining hozirgi sport formasini namoyish etdi.
Ularning qarama-qarshiligi 24 oktyabr kuni BAAning Abu-Dabi shahrida bo'lib o'tadigan UFC 333 turnirining ikkinchi asosiy voqeasi bo'ladi.
Malumot uchun, Yan (20-5) o'tgan yilning dekabr oyida Merab Dvalishvilini (21-5) mag'lub etib, ularning ilk uchrashuvidagi mag'lubiyatidan ikki yildan ko'proq vaqt o'tgach, o'ta engil vazn toifasidagi chempionlik unvonini qaytarib olgandi. Endi u UFC 333 turnirida Dvalishviliga qarshi trilogiyada o'z kamarini himoya qilishi kerak. Ushbu turnirning asosiy jangida Aleksandr Volkanovski (28-4) yarim engil vazn toifasidagi kamarini mag'lubiyatsiz davogar Movsar Evloevdan (20-0) himoya qiladi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar