19 mar 17:51
Yangiliklar
Pyotr Yan uzoq muddatga safdan chiqdi
Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi yil oxirigacha yana ikkita jang o'tkazishga umid qilayotgandi. Ammo tibbiy ko'rik natijalari Yanning orzulari sarobga aylantirdi. Pyotr bir yil davomida oktagonga chiqa olmaydi.
"MRT xulolasi men uchun yomon chiqdi. Tizzamning xochsimon bog'lamalari uzilgan, menisk hamda sonimning tepa qismi cho'zilgan. Jarrohlik amaliyoti bugun bo'lib o'tadi. Lekin meni bu narsalar sindira olmaydi. Yanada kuchli bo'lib qaytishga harakat qilaman", - dedi Yan.
Rossiyalik sobiq chempionning jarohatlardan forig' bo'lib, taxminiy oktagonga qaytish muddati 9 oydan bir yilgacha muddatni oladi. Pyotr Yan 10 kun oldin Mayamida o'tgan UFC 299 turniri doirasida xitoylik Song Yadongni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan edi.
Fikrlar