18 iyu 08:56
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				 
				
			 
				Pyotr Yanga qora "Mersedes" sovg'a qilishdi FOTOGALEREYA
"Arxangel Mixail" klubi asoschisi, Rossiya mis kompaniyasi rahbari Igor Altushkin engil vaznda yangi UFC chempioni Pyotr Yanni tabrikladi.
			Altushkin tantanali marosimda chempionga "Mersedes" GLE 450 mashinasini topshirdi. Yan bir necha kun avval ona shahri Ekaterinburgga qaytib kelgan edi.
Eslatib o'tamiz, Pyotr Yan 12 iyul kuni Abu-Dabidagi "Janglar oroli"da tashkil etilgan UFC 251 turnirida yarim o'rta vaznda sobiq jahon chempioni Joze Alduni mag'lubiyatga uchratib, chempionlik kamarini qo'lga kiritgan edi.







            Havola            :         
                    Manba                : championat.com
             
			
Fikrlar