So’nggi yangiliklar

22:26Холмурод Нурматов иштирокидаги жанг муддатидан олдин якунланди 0 20:05Анвар Абдуллаев фаолиятидаги илк мағлубиятини ACA Лигасида қабул қилиб олди 0 19:37Дэвид Бенавидес Бивол билан жанг бўйича музокаралар бошланганини айтди 0 19:15ACA 203. Шариф Кушаев иорданиялик рақиб билан жанг қилди 0 19:01Исо Масиҳга ўхшатилган ва маданий ҳаёт туфайли "Манчестер Сити"дан кетган. Ўзбекистоннинг янги мураббийи ҳақида нималар биламиз? 0 18:39Хамзат Чимаев RAF турнирида Кайл Снайдерга қарши кураш эҳтимолини баҳолади 0 18:18Риёд-2026 Жанг санъати ва ёпиқ иншоотлардаги Осиё ўйинлари дастурига кирган спорт турлари маълум бўлди 0 17:52Хотамбек Бойназаров UFC'да Хоакин Бакли билан жанг қилиш ҳақида гапирди 0 17:25Палмер "Манчестер Юнайтед"га ўтишга рози?! 0 17:02Фурқатбек Ёқубов — ўзбекистонлик ММА жангчиларига: "Рақиб танлашда озгина уялинглар!" 0 16:39Қозоғистон жаҳон хоккейи элитасига қайтди! 0 16:16Дана Уайт Конор Макгрегорнинг қайтаётганини тасдиқлади 0 15:40ЖЧ-2026 финали чипталари 33 000 долларгача ошди 0 15:14Расман: Арман Царукян Топурия - Гэтжи жанги учун захира варианти бўлади 0 14:39Абдусатторов, Синдаров ва бошқалар. Самарқандда ўтказиладиган Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси учун таркибларимиз эълон қилинди 0

30 iyu 07:17
Yangiliklar

Boshqalar

QABUL-2019: ijodiy imtihonlar qanday o'tmoqda?

SHu kunlarda yurtimizdagi bir qator oliy o'quv yurtlarida bo'lgani kabi O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ham abiturientlar 2019-2020 o'quv yili uchun ijodiy imtihonlarni topshirmoqda.

O'tgan yildan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining ayrim yo'nalishlari uchun qabul jarayonida test shaklidan butunlay voz kechildi. Jumladan, sport faoliyati hamda maktabgacha va boshlang'ich talimda jismoniy tarbiya va sport yo'nalishida kirish imtihonlari maxsus jismoniy tayyorgarlik bo'yicha bo'lib o'tmoqda. Universitetning Suv sporti va eshkak eshish turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasida ham bu jarayon faol tarzda olib borilayotir.

SHuni alohida takidlash joizki, suv sporti va eshkak eshish turlari yozgi Olimpiya o'yinlarida engil atletikadan keyin eng ko'p medallar o'ynaladigan yo'nalish hisoblanadi. SHu bois so'nggi yillarda mamlakatimizda mazkur yo'nalishlarni yanada keng ommalashtirish va sohaga malakali mutaxassislarni jalb etishga alohida etibor qaratilayotir. Ularni esa O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tarbiyalab beradi. O'z navbatida kafedra o'qituvchi-murabbiylari imtihonlar jarayonida eng kuchli va munosib nomzodlarni talabalikka qabul qilishga harakat qilishmoqda.

photo5330165504121351410.jpg

- Joriy yilgi qabul jarayonida eshkak eshish turlari yo'nalishiga 45ta nomzod hujjat topshirdi, - dedi universitetning Suv sporti va eshkak eshish turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri Xayrulla Matnazarov. – SHulardan to'rttasi imtiyozli ravishda talabalikka qabul qilinishdi. Ular nafaqat respublikamiz, balki xalqaro maydonlarda yuksak natijalar qayd etayotgan sportchilardir. Ijodiy imtihonlarni uchta bosqichda o'tkazamiz. Ilk bosqichda abiturientlar suvda eshkak eshish borasida o'z mahoratlarini namoyish etishdi. SHuni alohida takidlashni istardimki, imtiyozli ravishda talabalikka qabul qilinganlardan tashqari qolgan nomzodlar orasida ham anchagina mahoratli sportchilar borligi ko'zga tashlandi. Ikkinchi bosqichda umumiy jismoniy tayyorgarlik, nihoyat uchinchi bosqichda suzish bo'yicha imtihonlar bo'ladi.

Malumki, suv sporti va eshkak eshish turlari Olimpiya o'yinlarida eng ko'p medal o'ynaladigan yo'nalishlardan biri hisoblanadi. Quvonarlisi, yildan yilga mazkur yo'nalishga hujjat topshirayotgan abiturientlarning saviyasi ortib bormoqda. Bu esa sohaga eng munosib nomzodlarni saralab olish imkonini beradi. Hozir universitetimizda eshkak eshish turlari bo'yicha 2018 yilgi Osiyo o'yinlari g'olibi SHahboz Xolmirzaev, shuningdek Osiyo o'yinlari sovrindorlari Sardor To'lqinxo'jaev, Nilufar Zokirova, Dilnoza Rahmatova kabi o'nga yaqin O'zbekiston terma jamoasiga azo sportchilar tahsil olishmoqda. O'ylaymanki, joriy yilgi imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tib, talaba degan nomga sazovor bo'ladigan yurtdoshlarimiz orasidan ham ana shunday chempionlar etishib chiqadi.

 photo5330332483859885035.jpg

 Xo'sh, ijodiy imtihonlar xolislik va shaffoflik mezonlari asosida o'tmoqdami? Ota-onalar va abiturientlar tomonidan imtihon jarayonlarining borishiga nisbatan hech qanday etiroz bo'lmayaptimi? Ushbu holatni nazorat qilish maqsadida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Mahmudjon Boltaboev shaxsan imtihonlar bo'layotgan har bir maskanga borib, abiturientlar va ularning ota-onalari bilan uchrashdi hamda ularni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.

- Biz Sirdaryo viloyati SHirin shahridan keldik, - dedi biz bilan suhbat chog'ida Ozoda Egamberdieva. – O'g'lim SHahzodjon Dilshodov eshkak eshish yo'nalishiga hujjat topshirdi. Ushbu sport turi bilan besh yildan beri shug'ullanib keladi. SHahzodjon bir qator musobaqalar sovrindori bo'lgan. Bizning SHirin shahrida ham eshkak eshish sport turiga alohida etibor qaratilmoqda. Buning samarasi o'laroq shahrimizdan aka-uka SHahboz va Abbos Abdujabborov, Ruslan Navruzaliev, Luiza Islomova kabi chempionlar etishib chiqishgan. Umid qilamanki, o'g'lim ham ular safidan joy oladi. Imtihonlarga kelsak, hammasi haqqoniy va adolatli o'tmoqda. Istagim, munosiblar talabalik baxtiga musharraf bo'lsin.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing