26 apr 09:18
Yangiliklar
Tennis

Qarshi “Fyuchers”. Tennischi qizlarimizdan faqat bir nafari qoldi
Xabar berganimizdek, Qarshi shahrida “Fyuchers” turkumiga kiruvchi xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi turnir davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning yakkalik bahslarida etti nafar hamyurtimiz o'z ishtirokini boshlagan bo'lsa, ulardan bigina Oqgul Omonmurodova chorak finalga yo'l oldi.
U ikkinchi davra uchrashuvida hindistonlik Pranjala Yadlapallini 6:2, 6:4 hisobida mag'lub etdi. Endi Omonmurodova yarim final chiptasi uchun rossiyalik Margarita Gasparyanga qarshi kortga chiqadi. Hamyurtimiz turnirning sakkizinchi raketkasi sifatida harakat qilyapti.
Afsuski, musobaqada sakkizinchi raqam ostida tasniflangan Nigina Abduraimova ikkinchi bosqich bahsida hindistonlik Rutuja Bxusalega 6:1, 1:6, 5:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar