So’nggi yangiliklar

17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0

13 dek 19:19
Yangiliklar

Boshqalar

Qarshida “Bosh vazir kubogi ” musobaqalari o'tkazildi

Teglar :  Bosh vazir kubogi
“Nasaf” futbol akademiyasi stadionida hamda Qarshi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida “Bosh Vazir Kubogi” musobaqasi bo'lib o'tdi.

Qarshi shahridagi “Nasaf” futbol akademiyasi stadionida hamda Qarshi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida Qashqadaryo viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tashabbusi bilan  viloyatdagi  boshqarama va idoralarning apparat xodimlari o'rtasida futbol va voleybol sport turlari bo'yicha  “Bosh Vazir Kubogi” musobaqasi bo'lib o'tdi.

Mazkur Kubok bellashuvlarida yigirma beshga yaqin boshqarmalardan 300 nafarga yaqin masul xodimlar ishtirok etishdi. 

Murosasiz va qizg'in bahslarga boy tarzda o'tgan bellashuvlarning erkaklar o'rtasidagi futbol musobaqasida birinchi o'rinni viloyat Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi jamoasi qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rinni Axborot va ommaviy kommunikaciyalar agentligi viloyat hududiy boshqarmasi jamoasi egallashgan bo'lishsa, uchinchi o'rin viloyat Kasbiy talimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasiga nasib etdi.

Ayollar o'rtasidagi voleybol bellashuvlarida Qarshi davlat universiteti jamoasiga teng keladigani topilmadi. Ular barcha raqiblarini yirik natijalar hisobiga mag'lub etib, chempionlikni tantana qilishdi. Ikkinchi o'rinni viloyat Maktabgacha talim boshqarmasi jamoasi band etgan bo'lsa, uchinchi o'ringa Qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti jamosi erishdi.

Musobaqalar yakuniga etgach kuchli uchlikdan joy olgan jamoalar Qashqadaryo viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan  diplom, medal va va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Ilhom RAHMONOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing