So’nggi yangiliklar

11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 09:30Осиё ўйинларида иштирок этаётган барча ўзбекистонлик спортчиларнинг натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0

27 okt 11:34
Yangiliklar

Futbol

Qarshida sovrindor futbolchilar ezozlandi

Joriy yil ilk bor bolalar-o'smirlar futbol akademiyalarining U-14, U-15, U-16, U-17 yoshdagi tarbiyalanuvchilari o'rtasida futbol bo'yicha O'zbekiston chempionatida g'oliblar aniqlangandi.

Xususan, Qashqadaryo viloyati bolalar-o'smirlar futbol akademiyasining tarbiyalanuvchilari ham mazkur chempionatda faol ishtirok etib, yakunda faxrli ikkinchi va uchinchi o'rinlarni band etishdi. 

Akademiyaning 2003 yilda tug'ilgan tarbiyalanuvchilari (murabbiylari Jonibek Egamberdiev, Konstantin Boev) ikkinchi o'rinni egallab, kumush medallarga ega chiqishgan bo'lishsa, o'z vaqtida oliy ligalarning mohir futbolchisi, hozirda tajribali murabbiyi Rustam Tog'aev qo'l ostida shug'ullanayotgan 2004 yilda tug'ilgan tarbiyalanuvchilari uchinchi o'rinni qo'lga kiritib, bronza medal egalariga aylanishgan. 

SHuningdek, mazkur akademiya murabbyilari Nasim SHoimov hamda Bahriddin Omonovlarning shogirdlari ham Navoiy viloyatida o'tkazilgan O'zbekiston kubogida 2006 yillarda tug'ilan bolalardan iborat viloyat terma jamoasi bilan ishtirok etib, uchinchi o'rinni egallashga muvaffaq bo'lishgan edi. 

Yaqinda Qarshi shahridagi 47-umumiy o'rta talim maktabida Qashqadaryo viloyat futbol associaciyasi, viloyat bolalar-o'smirlar futbol akademiyasi bilan hamkorlikda manaviy-marifiy sport tadbiri o'tkazildi. Tadbir doirasida  akademiyaning sovrindor jamoalarini  taqdirlash marosimi ham bo'lib o'tdi. 

Marosimda ishtirok etgan “Nasaf” PFK bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev, “O'zbekiston Qaxramoni” unvoni sohibasi Muhabbat SHaropova, viloyat bolalar-o'smirlar futbol akademiyasi direktori Nurali Sultonovlar so'zga chiqib, bolalar futboliga qaratilayotgan yuksak etibor haqida o'z fikr va mulohazalari bilan o'rtoqlashishdi. 

Tadbir so'nggida sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

SHavkat Ro'ziev, Qashqadaryo viloyati bolalar-o'smirlar futbol akademiyasi manaviyat-marifat ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari 

Ilhom RAHMONOV, o'z muxbirimiz          

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing