So’nggi yangiliklar

19:30Қоч Ўзбекистон келяпти: Богдан Гусков тарихий имконият остонасида, Рамазон Темиров эса ўз йўлини давом эттиради (мутолаа учун) 0 19:05Дастин Порье фаолиятидаги энг кучли рақибни айтди. Бу Ислам Махачев эмас 0 18:39Алекс Перейра навбатдаги жангини қачон ўтказишини маълум қилди 0 18:14Равшан Эрматов U-20 Жаҳон чемпионати санаси, янги стадион очилиши ҳамда Осиё кубоги мезбонлиги ҳақида гапирди 0 17:45UFC тарихида ўзбекистонлик жангчилар илк марта бундай натижага эришишди 0 17:23Магомед Анкалаев: "Мен билан жангга тайёргарлик кўриш учун 10 йил керак!" 0 16:57Ўзбекистон Davis Cup - Group III турниридаги иштирокини бошлаш арафасида 0 16:30Дешам Испанияга қарши ўйин олдидан: "Улар яққол фаворит" 0 15:58Царукяннинг жанги чемпионлик мақомида бўлади + ПОСТЕР 0 15:19Нурсултон Рўзибоев янгиланган рейтингда ТОП-15'га кириб олди 0 14:56Пауло Коста нега Анкалаев билан жангдан бош тортганини маълум қилди 0 14:23Колумбия футболчиси ўлим таҳдидлари туфайли ЖЧ-2026`дан сўнг ватанига қайтмади 0 13:49FIDE Жаҳон Кубоги форматида ўзгаришлар бўлди 0 13:22Дастин Порье Макгрегорга: "Сени яна калтаклашга тайёрман" 0 12:57Аичи-Нагоя 2026: Uzbekistan Aquatics, волейбол ва велоспорт федерацияларида тайёргарлик жараёнлари муҳокама қилинди 0

10 fev 18:19
Yangiliklar

Tennis, Bolalar sporti

Qarshida stol tennis va badminton bo'yicha musobaqa o'tkazildi

Qarshi shahridagi bank kolleji sport zalida “Barkamol avlod sport jamoalari” musobaqalarining stol tennisi hamda badminton sport turlari bo'yicha Qashqadaryo viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora – tadbirlari to'g'risida”gi Qarori ijrosini taminlash maqsadida O'zbekiston “Barkamol avlod” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy Kengashi tomonidan  tashkil etilgan “Barkamol avlod sport jamoalari” dasturidan o'rin olgan  sportning stol tennisi va badminton turlari ayni paytda mamlakatimizning barcha hududlaridagi akademik licey, kasb-hunar kollej o'quvchilari o'rtasida viloyat saralash bellashuvlari yakuniga etmoqda. 

Qator mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikdagi 21 ta sport turidan iborat “Barkamol avlod sport jamoalari” musobaqalarini  belgilangan rejaga ko'ra o'tkazib borishdan asosiy maqsad – akademik licey va o'rta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalarida tahsil olayotgan o'quvchi-yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish,  sport sog'lomlashtirish ishlari ko'lamini yanada kengaytirish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni aniqlash va sport turlari bo'yicha terma jamoalar tarkibiga zaxiralar yaratish kabi ezgu ishlarni amalga oshirishdan iborat.

Qarshi bank kolleji mezbonlik qilgan viloyat bosqichi ham iqtidorli sportchilarni saraab berdi, deyish mumkin. Har ikkala sport turi bo'yicha shu kuni yuz nafardan ortiq o'g'il - qizlar kuchlilar qatoriga kirish maqsadida bor imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishdi. 

Qiziqarli va ko'taringki ruhda o'tgan bellashuvlarda asosan Qarshi shahri, G'uzor, Muborak, SHaxrisabz tumanlaridan kelgan jamoalar  yaxshi tayyorgarlik ko'rganliklarini musobaqa davomida isbotlashdi. SHu kuni dastlab, badminton bo'yicha kuchli uchlik aniqlandi. Unga ko'ra birinchi o'rinni Qarshi olimpiya zaxiralari kolleji o'quvchisi Nodir Abraev egallagan bo'lsa, Qarshi bank kolleji o'quvchisi Mirjamol Fayziev ikkinchi bo'ldi. Uchinchi o'rinni Qarshi madaniyat va turizm kolleji o'quvchisi Isomiddin Abduqaxxorov egalladi.

Qizlar o'rtasida esa, SHaxrisabz Texnalogiya kasb-hunar kolleji o'quvchisi Sitora Jumaeva faxrli birinchi o'rin sohibasiga aylandi. Qarshi madaniyat va turizm kolleji o'quvchisi Elnora Fayzieva ikkinchi, mezbon jamoa vakili Feruza Qurbonova uchinchi bo'ldi. 

Stol tennisi. “Ping-pong” nomi bilan ham mashhur bo'lgan ushbu sport turida o'g'il bolalar o'rtasida G'uzor moliya va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji sportchi-o'quvchisi SHaxboz Barotovga teng keladigan raqib topilmadi. U barcha uchrashuvlarda yuqori natijalar qayd etib, shohsupaning eng yuqorisidan joy oldi. SHaxboz Baratovning jamoadoshi Abdixoliq Zoirov ikkinchi o'rin bilan kifoyalandi. G'uzor neft-gaz va sanoat kasb-hunar kolleji vakili Ahmadjon Xolmurodov uchinchi o'rinni egalladi.

Qizlarning bu sport turidagi bellashuvlari ham murosasizligi bilan ajralib turdi. Muborak axborat texnalogiyalari kasb-hunar kolleji jamoasidan Sadoqat Egamberdieva birinchi o'rinni, Dilshoda Quvondiqova uchini o'rinni qo'lga kiritgan bo'lishsa, ikkinchi o'rinii G'uzor neft-gaz a sanoat kasb – hunar kolleji o'quvchisi Laylo Bahriddinova egallashga muvaffaq bo'ldi. Musobaqalar yakunida g'olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. 

Eslatib o'tamiz, g'oliblar endi Navoiy viloyatida o'tadigan Respublika final musobaqalarida ishtirok etadi.      

Sardor ESHBOBOEV, O'zbekiston “Barkamol avlod” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Qashqadaryo viloyat mintaqaviy bo'limi rais o'rinbosari:

- “Barkamol avlod sport jamoalari” musobaqalari dasturidan o'rin olgan stol tennisi hamda baminton sport turlari bo'yicha o'tkazilgan saralash bahslarida sportta ishtiyoqi baland, iqtidorli sportchi – o'quvchilar ko'pligi Respublika final musobaqalarida natijalarimiz ijobiy bo'lishiga zamin bo'ladi, deb o'ylayman. Asosiysi,maqsadimiz - jismoniy tarbiya va sportni yoshlarimiz orasida yanada keng targ'ib qilish orqali ularning jismoniy va manaviy etuk bo'lishiga hissa qo'shish, sog'lom turmush tarzini shakllantirishdan iborat bo'ladi


Ilhom Rahmonov tayyorladi, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing