So’nggi yangiliklar

13:49Ироқ телеканали "Пахтакор" учрашувларини тўғридан-тўғри кўрсатишни бошлади 0 13:21Ислам Махачев кейинги рақиби сифатида кимни лойиқ кўришини айтди 0 12:45Дана Уайт Оқ уйда UFC турнирининг қайта ўтказилиши мумкинлиги ҳақидаги саволларга жавоб берди 0 12:19WBC рейтинги: 11 нафар боксчимизнинг рейтинги қандай? 0 11:53Варди фаолиятини Бразилияда давом эттириши мумкин 0 11:29Жанибек Алимханули WBO камари учун даъвогарга айланди 0 10:47Ломаченко қайтмоқда! У мағлубият нималигини билмайдиган боксчига қарши жанг қилиши мумкин 0 10:11UFC 330 турнири иштирокчилари жанглардан қанча гонорар ишлаб олишгани маълум бўлди 0 09:39"Ланс" ПСЖни мағлуб этиб, Франция Суперкубоги соҳибига айланди 0 09:00Хабиб Махачевнинг кечаги ғалабасига илк бор муносабат билдирди 0 08:23Grand Chess Tour: Синдаров 6-турда пешқадамлардан бири Каруана билан ўйнади 0 07:57Махачев Гэрри билан тўқнашув ҳақида: "Бир неча сонияга "юлдузчалар" кўринди" 0 07:32"Башакшехир" мавсумни ғалаба билан бошлади, Шомуродовда гол, Файзуллаевда ассист + ВИДЕО 0 21:20Хабиб Дана Уайтнинг 102 кг вазнга эга экани ҳақидаги баёнотига жавоб қайтарди 0 20:56Рамазон Темиров: "Дуо қилиб туринглар!" + ФОТО 0

07 may 16:42
Yangiliklar

Boshqalar

Qashqadaryoda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar olindi

Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug' fazilatlaridan biridir.

El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog'idadir. Ana shunday mardlik va jasorat namunasini ko'rsatganlarga, jang maydonlarida jonini fido qilgan bobolarimiz, sabr-bardosh bilan katta qiyinchiliklarni engib o'tgan momolarimizni sharaflash, xotirasini abadiylashtirish, ularga g'amxo'rlik va etibor ko'rsatish mustaqillik yillarida yangicha mano-mazmun bilan boyidi. 

Zotan, bugun O'zbekiston inson, uning hayoti, erkinligi, shani, qadr-qimmati ulug'lanadigan buyuk mustaqil davlatga aylandi.

Bu jihatdan yurtimizda keng nishonlanayotgan Xotira va qadrlash kuniga bag'ishlangan tadbirlarda, ona diyorimiz xalqimizning ozodligi va istiqloli, erkin va farovon hayotini mardlik va shijoat bilan himoya qilgan fidoyi yurtdoshlarimizga ko'rsatayotgan g'amxo'rlik, hurmat-ehtiromda yanada yaqqol namoyon bo'lmoqda.

SHu boisdan, 9 may – "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan, mazkur ulug' sana arafasida viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda Kasbi tuman hokimligi hamkorligida tumanda istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar olindi va ularga turli hil oziq-ovqat mahsulotlari ulashildi.

Jumladan, "Maymanoq" MFY da yashovchi urushning qiyin kunlarini boshidan o'tkazgan 98 yoshli Jo'raev Mirzo boboning, shuningdek, Mug'lon qishlog'ida yashovchi, urushda o'zining matonati va jasorati bilan munosib qatnashib, hozirgi kunda 96 yoshni qoralagan SHermatov Xayrullo bobolarning hollaridan xabar olinib, ularga hurmat-ehtirom ko'rsatildi.

SHu bilan birga, tumandagi Denov qishlog'ining eng yoshi ulug' insonlaridan biri bo'lgan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Nazarov Erka bobo va Xo'jakasbi qishlog'ining mardlik va jasorat namunasi timsoli bo'lgan Azizov Iso bobolarning ham hollaridan xabar olindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing