So’nggi yangiliklar

11:04Тони Кроос мураббийлик фаолиятини бошлаши мумкин 0 10:33Бугун ҳам Жаҳон чемпионатида тўрт нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз (Жуфтликлар) 0 10:02Пётр Ян: "Мовсарнинг Волкни мағлуб этиш учун иккита варианти бор" 0 09:31Асу Алмабаевнинг мураббийи UFC камари собиқ даъвогарига қарши жанг учун тайёргарлик режасини ошкор қилди 0 09:02Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор, "Пахтакор" пешқадамга айланиб оладими? 0 19:54Чемпион Сильва Шевченкога навбатга туришни таклиф қилди 0 19:23Арман Царукяннинг рақиби маълум, сана ва манзил ҳам + ПОСТЕР 0 18:52Ғалабалар сари бораётган ёшлар 0 18:21Гвардиола "Манчестер Сити"га қайтмоқда 0 17:50Кроуфордни қийнаган Исроил Мадримов беш йил ўтиб яна Тошкентда жанг қилади. Бу Исроил учун қанчалик аҳамиятли жанг? 0 17:19Сўнгги воқеалар фонида Жермелл Чарло Хайме Мунгияни жангга чорлади 0 16:48Стрикленд UFC’даги адолатсизликка ишора қилиб, боксга ўтиш ҳақида ўйлаётганини айтди 0 16:17"Радник" бош мураббийи: "Шукуровнинг трансфери клубимиз даражаси ўсганини кўрсатади" 0 15:46Хайме Мунгияга Ўзбекистонда жанг ўтказиш таклиф қилинди 0 15:15Пётр Ян қандай ҳолатда ярим енгил вазнда UFC камари учун жанг қилишини айтди 0

20 may 15:57
Yangiliklar

Ot Sporti

Qashqadaryoda ot sportiga ixtisoslashtirilgan yirik majmua ish boshladi+FOTO

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog' tumanida zamonaviy, Markaziy Osiyoda muqobili yo'q “qorabayir” otlari milliy naslini ko'paytirish va boqishga yo'naltirilgan majmuasining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Majmua maydoni yashil hudud, mikroiqlim tizimi bilan ko'kalamzorlashtirilgan. Besh gektardan ortiq xududda 200 ta otga mo'ljallangan otxona jonivorlarni sifatli parvarish qilish uchun barcha kerakli narsalar bilan jihozlangan. Bu erda barcha talablarga javob beruvchi veterenar bloklari, cho'milish xonalari, og'ilxona mavjud. Ochiq va yopiq manejlar mashg'ulotlar, milliy va xalqaro musobaqalar o'tkazish uchun shay holga keltirilgan. Otlarni yurgizish uchun mo'ljallangan maxsus qumli va suvli moslama mavjud. Yosh otlar uchun keng qo'ra ham bor.

Bayramga yig'ilgan mehmonlar 500 o'ringa mo'ljallangan tribunadan musobaqani tomosha qilib zavqlanishdi. U erdan nafaqat maydon ajoyib ko'rinishini, balki “Qorabayr otchilik majmuasi” unitar korxonasi maydonini ham ko'zdan kechirish mumkin.

SHunday qilib, tantanali ravishda tasmani kesishdi, yangi zavod ochildi va o'ziga yuklatilgan missiyani bajarishga shay!

Tadbir doirasida O'zbekistonning eng yaxshi sportchi konkurchilari bu sport turiga xos tomoshaboplik va qizg'inlikni namoyon etdilar. Tomoshabinlar chiqishlardan katta zavq oldilar, har bir chavandozni qarsaklar bilan kutib oldilar va ularni qo'llab-quvvatlab turdilar.

Klassik konkur g'olibi yosh sportchilardan biri O'tkir Ismoilov bo'ldi, u Reys laqabli otda chiqish qildi. Sakrash quvvati konkurida g'alabani xalqaro toifadagi sport ustasi, ot sporti faxriysi Ibragim Yuldashev Lou Loveret laqabli otda qo'lga kiritdi. Tomoshabinlar olqishi sovriniga sportchi, sport ustasi, O'zbekiston yilqichilik va ot sporti federaciyasi vice-prezidenti Baxrom Gaziev ega bo'ldi.

Ishonamizki, yaqin orada bu joy nafaqat mamlakat yilqichilari va ot sporti ishqibozlari, balki xushqad jonivorlarni qadrlovchi, aukcionlar, nufuzli musobaqalar, tarmoqning tantanali tadbirlari, ilmiy tadqiqotlar, sohaning etakchi vakillari bilan ishchan uchrashuvlarda ishtirok etishga qiziquvchi insonlarni ham o'ziga ohangrabodek tortuvchi maskanga aylanadi.

Marosimga shuningdek, Xalqaro ot sporti federaciyasi veterenar delegati, Rossiyaning ot yo'rttirish bo'yicha terma jamoasi veterenar shifokori Evgeniy Gorovoy, Xalqaro ot sporti federaciyasi mintaqaviy guruhi rahbari o'rinbosari Ramin SHafii, shuningdek “Ashqan Equestrian Equipment” kompaniyasi prezidenti Ashkan Xakikiy bo'lishdi.

Tantanali tadbir ajoyib koncert dasturi, estrada yulduzlari, xalq ansambllari chiqishlari va milliy raqslar namoyishlariga boy bo'ldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing