So’nggi yangiliklar

18:26Таэквондо. Ёсинбек Одилов - Жаҳон чемпиони! 0 18:17"Бунёдкор" ва "Локомотив"нинг муштлашган футболчилари дисквалификация қилиниб, клублар жаримага тортилди 0 17:52Дана Уайт Ульбергнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 17:26Магомед Анкалаев Прохазкани жангга чорлади 0 17:10Расман: Самвел Бабаян “Андижон”дан кетди 0 17:02"Бу ягона имкон эди". Собиқ чемпион Ульбергнинг ғалабаси ҳақида гапирди 0 16:39Камбоджа терма жамоаси ўзбекистонлик футболчини маҳаллийлаштиради 0 16:16Дана Уайт қандай қилиб Дональд Трамп сабаб кардга жанг қўшилганини айтди 0 15:52Илия Топурия Испаниядаги UFC турнири учун идеал жойни айтди 0 15:24Дана Уайт: "Жонс билан бизнес қилиб бўлмайди, лекин..." 0 15:01"Реал" Лунин билан боғлиқ муаммолардан сўнг янги дарвозабон ҳақида ўйлаб қолди 0 14:38Арсланбек Махмудов — Тайсон Фьюри жангидан сўнг: "Менимча дуранг эди" 0 14:16Жон Жонс: "Фаолиятимни якунлаганимга ишончим комил эмас" 0 13:52Дана Уайт Чимаев — Стрикленд жангидан олдин қандай хавфсизлик чораларини кўришини очиқлади 0 13:29Ямаль "Барселона" раҳбариятига таклиф билан чиқди 0

19 iyu 19:49
Yangiliklar

Qashqadaryoda sport bellashuvlari avjida FOTO

Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi bolalar-o'smirlar sport maktabida o'zbek jang sanati bo'yicha o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida tuman ochiq birinchiligi o'tkazildi.

Viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, viloyat o'zbek jang sanati federaciyasi, tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi bilan hamkorligida tashkil etilgan mazkur ochiq birinchilikda Qarshi shahri, Qarshi, Nishon, SHahrisabz, Kitob, Kasbi tumanlaridan yig'ilgan 140 nafar sportchi ishtirok etdi. 

Qizg'in va murosasiz bahslarga boy bo'lgan musobaqaning yakuniy natijalarga ko'ra, mezbonlar jamoasi faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rinni Qarshi tumani jamoasi egallagan bo'lsa, uchinchi o'rin nishonlik yoshlarga nasib etdi. Kuchli uchlikdan joy olgan sportchilar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi. 

SHuningdek, Koson tumanida ham “26 iyun - Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostida tuman hokimligi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, tuman bolalar-o'smirlar sport maktabi, tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi  hamkorligida 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan aholi o'rtasida yugurish bo'yicha marafon o'tkazildi. 

Ko'tarinki ruhda o'tkazilgan marafonda mahalla fuqarolari, tumandagi turli tashkilot va idoralar xodimlari, kasb-hunar kollejlaridan 5000 nafarga yaqin 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan ishtirokchilar qatnashishdi.

Musobaqa g'olib va sovrindorlari:

14-18 yoshli qizlar

1. Ozoda Temirova 

2. Sarvinoz Nurqulova   

3. Zamira Ravshanova 

14-18 yoshli o'g'il bolalar 

1. Alibek Nematullaev   

2. Tursun Dilmonov   

3. Quvondiq Xolquvarov     

Ayollar 

1. Nasiba Yorqulova   

2. Xumora Bekmurodova   

3. Dilrabo Bekmurodova    

Musobaqa so'ngida g'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Jahon ERGASHEV, Qashqadaryo viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari 

Ilhom RAHMONOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing