19 noy 10:36
Yangiliklar
Futbol

Qatar. Abduxoliqov chempionatdagi ettinchi golini kiritdi
Qatar Yulduzlar ligasida 8-turdan o'rin olgan dastlabki o'yinlar bo'lib o'tdi.
Hamyurtimiz Temurxo'ja Abduxoliqov o'ynayotgan "Al Sayliya" klubi safarda "Al Garafa"ga qarshi o'ynab, 3:2 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvda to'liq o'ynagan Abduxoliqov 61-daqiqada mavsumdagi ettinchi golini urishga muvaffaq bo'ldi.
"Al Sayliya" 8 ta turda 18 ochko to'plab ikkinchi o'rinda bormoqda. Ayni paytda Qatar Yulduzlar ligasida Abduxoliqov to'purarlar poygasida ikkinchi o'rinda bormoqda. "Al Duhail" hujumchisi El Arabi 11 ta gol urishga erishgan.
"Al Garafa" - "Al Sayliya" 2:3
Gollar: Otman Alavi 68, Ahmad Aledin 85 - Temurxo'ja Abduxoliqov 61 penalti, Nodir Belxoj 72, Muhammad Muddater 90
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar