So’nggi yangiliklar

21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0

07 dek 08:35
Yangiliklar

SHaxmat

Qatar Masters. Abdusattorovda yana g'alaba, Yakubboev va Vohidov peshqadamlarga yaqinlashdi (Barcha natijalar)

SHu kunlarda Qatar poytaxti Doha shahri shaxmat bo'yicha nufuzli musobaqaga mezbonlik qilmoqda.

Mukofot jamg'armasi 94 200 AQSH dollarini tashkil qiluvchi Qatar Masters turnirida jami 53 nafar o'zbekistonlik shaxmatchi A va V guruhida bahs olib boryapti. Kuchlilar jam bo'lgan Open turnirida 15 nafar shaxmatchimiz sovrinli o'rinlar uchun kurashyapti. 

Turnirda ikkinchi raqam ostida tasniflangan Nodirbek Abdusattorov (2777) ketma-ket ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. U 4-turda qora donalarda indoneziyalik Oliviya Kiolbasani mag'lubiyatga uchratdi. Birinchi turda yutqazgan yana bir grossmeysterimiz Nodirbek Yakubboev (2668) ketma-ket uchinchi g'alabasini tantana qildi. U oq donalarda hindistonlik Krishna Gutamdan ustun keldi. 

SHamsiddin Vohidov (2681) ham bu turda zafar quchdi. Grossmeysterimiz oq donalarda mo'g'ulistonlik Gan-Erdene Sugarni engdi. Yoshlar o'rtasida jahon chempioni Afruza Hamdamova (2354) o'zbek derbisida Saidakbar Saydaliev bilan murosaga keldi. Yosh grossmeysterimiz Abdumalik Abdusalimov (2536) amirlik grossmeyster Salem Saleh bilan durang qayd etdi va ochkolarini 3 taga etkazib oldi. 

Turnirning birinchi tartib raqamli shaxmatchisi hindistonlik Arjun Ergaisi (2801) 4-turda vatandoshi Pranesh (2582) bilan durang o'ynadi. Eronlik Parham Maqsudlu (2703) oq donalarda harakat qilganiga qaramay, yana bir yosh grossmeysterimiz Muhiddin Madaminovga qarshi bahsda mag'lubiyatdan chiqib ketdi va durangga erishdi. Toshkentdagi "Prezident Kubogi" turnir g'olibi Nihal Sarin (2676) Ivan Zemlyanskiy (2543) bilan murosaga keldi va qatorasiga ikkinchi bor ochko yo'qotdi.  

To'rtinchi turda Ortiq Nig'matov (2447) vetnamlik grossmeyster Nguen Ngok (2646) bilan durang qayd etdi. Kuchlilar guruhida qatnashayotgan hamyurtlarimizdan Muhammadzohid Suyarov, Bahrom Baxrillaev, Asrorjon Omonov, Muhammadali Abdurahmonov raqiblari bilan durang o'ynashdi. Humoyun Begmuratov qora donalarda harakat qilishiga qaramay, mo'g'listonlik Munguntul Bathuyagni taslim etdi. Almas Rahmatullaev va Nilufar Yakubboeva bu turda mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi. Nilufar barcha uchrashuvlarda raqiblariga yutqazgan. 

To'rtinchi turga kelib ochko yo'qotmagan nafar shaxmatchi qolmadi. Yuz foizlik ko'rsatkich bilan kelgan 4 shaxmatchi 4-turda o'zaro uchrashuvda durang qayd etishdi. Beshinchi tur oldidan 6 nafar ishtirokchi 3,5 tadan ochko jamg'arib, peshqadamlar safida borishyapti. Rossiyalik Andrey Esipenko qo'shimcha koeficentlarga ko'ra 1-o'rinni band etgan. O'n sakkiz nafar shaxmatchi 3 ochkodan jamg'argan. Ular orasida hamyurtlarimiz SHamsiddin Vohidov, Abdumalik Abdusalimov va Nodirbek Yakubboev ham bor. Ular qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra mos ravishda 17, 19 va 20-o'rinlarni egallab turishibdi. 

Ochkolarini 2,5 taga etkazib olgan Nodirbek Abdusattorov 86-pog'onadan 49-o'ringa ko'tarilib oldi. 25-pog'onadagi eronlik Mahdavi Reza hisobida ham Nodirbek singari 2,5 ochko bor. Abdusattorov 1-turda aynan Mahdaviga yutqazib qo'ygan edi. Bugun 5-turda Nodirbek oq donalarda hindistonlik Ayush SHarma (2466)ga qarshi bahs olib boradi. SHamsiddin Vohidov va Abdumalik Abdusalimov qora donalarda mos ravishda hindistonlik grossmeysterlar Pranesh hamda Nihal Sarin bilan hisob-kitob qilishadi. Yakubboev esa italiyalik grossmeyster Lorenco Lodikiga qarshi bahs olib boradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing