So’nggi yangiliklar

10:54AND STILLLL! UFC 334 турнирининг марказий жангида Ган ўз камарини сақлаб қолди 0 10:06Чемпион Кайла Харрисоннинг собиқ икки камар эгаси Аманда Нуньесга қарши жанги муддатидан аввал якунланди 0 08:54UFC 334. Мурадовнинг собиқ рақиби Кайо Борральо 19-ғалабасини тантана қилди 0 08:23Миллатлар лигаси. Португалия ўз стадионида йирик ҳисобда мағлубиятга учради 0 07:52Ўн йил ютқазмаган чемпион Немков ватандошидан мағлуб бўлди 0 07:21Мераб Двалишвили ғалабасидан сўнг Нурмагомедов учун мурожаат қилди 0 19:41"Бундай ҳолатлар бизнесга фойда келтирмайди". Дана Уайт Нурмагомедовнинг Двалишвилига ҳужуми ҳақида гапирди 0 18:53"Ман Сити"га нисбатан санкциялар тўғрисидаги қарор қачон эълон қилиниши маълум бўлди 0 18:00Двалишвили: "Мен Доғистонни яхши кўраман, хеч кимга нисбатан айблов қўйилишини истамайман" 0 17:05UFC 334 турнири иштирокчиларнинг тўлиқ карди ва жангчилар рўйхати 0 16:16"Хабибнинг жамоаси қаерга бормасин, жанжаллар келиб чиқади". Уайт Нурмагомедовнинг ҳужуми ҳақида гапирди 0 15:31Салоҳ Миср терма жамоаси тарихидаги энг яхши тўпурарга айланди 0 14:42Двалишвили ҳибсдан озод этилганидан кейин илк бор муносабат билдирди 0 14:15Ўқ отиш спорти: Ўзбекистонлик спортчи илк бор Жаҳон чемпионатида трап дастурининг финалида қатнашди 0 13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0

04 dek 08:46
Yangiliklar

SHaxmat

Qatar Masters. Ikki Nodirbek musobaqani mag'lubiyat bilan boshladi, Afruza kuchli grossmeysterni taslim etdi

Qatar poytaxti Doha shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli musobaqa start oldi.

Mukofot jamg'armasi 94 200 AQSH dollarini tashkil qiluvchi Qatar Masters turnirida jami 53 nafar o'zbekistonlik shaxmatchilar A va V guruhlarida bahslarga kirishishdi. Kuchlilar jam bo'lgan Open bahslarida 15 nafar shaxmatchimiz sovrinli o'rinlar uchun kurashishyapti. 

Afsuski, turnirda ikkinchi raqam ostida tasniflangan Nodirbek Abdusattorov (2777) ilk davradayoq mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Grossmeysterimiz oq donalarda o'ynashiga qaramay, reytingda o'zidan ancha quyida borayotgan eronlik Reza Mahdavi (2394)ga imkoniyatni boy berib qo'ydi. 

Nodirbek Yakubboev (2668) ham 1-turdayoq reytingda o'zidan pastda borayotgan hindistonlik Amit Moksh Doshi (2383)ga yutqazdi. SHamsiddin Vohidov (2681) musobaqa startida qora donalarda o'ynab, vetnamlik Le Pam Nguen (2384)dan ustun keldi. Yoshlar o'rtasida jahon chempioni Afruza Hamdamova (2354) qora donalarda harakat qilganiga qaramay, italiyalik grossmeyster Lorenco Lodiki (2564)ni mag'lub eta oldi.     

Turnirning birinchi tartib raqamli shaxmatchisi hindistonlik Arjun Ergaisi (2801) hamyurtimiz Muhammadali Abdurahmonov (2395)ni engdi. Eronlik Parham Maqsudlu (2703) mo'g'ulistonlik Amartuvshin Ganzorig (2392) bilan murosaga keldi. O'tgan hafta Toshkentdagi xalqaro turnirda yaxshi ishtirok etgan Ortiq Nig'matov (2447) 1-turda qora donalarda hindistonlik Krishtiano Manish (2296) bilan durang qayd etdi.    

Kuchlilar guruhida qatnashayotgan hamyurtlarimizdan Bahrom Baxrillaev, Abdumalik Abdusalimov, Muhiddin Madaminov, Saidakbar Saidaliev, Muhammadzohid Suyarov, Humoyun Begmuratov, Almas Rahmatullaev, raqiblari bilan durangga imzo chekishdi. Nilufar Yakubboeva va Asrorjon Omonova raqiblariga imkoniyatni boy berishdi. 

Birinchi turdan so'ng shov-shuvli tarzda Nodirbek Abdusattorovni mag'lubiyatga uchratgan Reza Mahdavi qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 1-o'rinni egallab turibdi. Nodirbek Yakubboevga mag'lubiyat taqdim etgan Amit Moksh 2-o'rinni band etgan bo'lsa, hamyurtimiz Afruza Hamdamova kuchli uchlikka yakun yasagan. Ikki Nodirbek 135 va 136-pog'onalarga joylashishdi. Birinchi turda 41 nafar shaxmatchi g'alabaga erishgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing