So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

10 dek 12:36
Yangiliklar

SHaxmat

Qatar Masters. Kuchli grossmeysterni mag'lub etgan Abdusalimov 5-o'ringa ko'tarildi, Nodirbeklarning birida durang, ikkinchisida g'alaba

SHu kunlarda Qatar poytaxti Doha shahri shaxmat bo'yicha nufuzli musobaqaga mezbonlik qilmoqda.

Mukofot jamg'armasi 94 200 AQSH dollarini tashkil qiluvchi Qatar Masters turnirida jami 53 nafar o'zbekistonlik shaxmatchi A va V guruhida bahs olib boryapti. Kuchlilar jam bo'lgan Open turnirida 15 nafar shaxmatchimiz sovrinli o'rinlar uchun kurashyapti. 

Turnirda ikkinchi raqam ostida tasniflangan Nodirbek Abdusattorov (2777) ketma-ket uchta g'alabadan keyin durang o'ynadi. U 6-turda qora donalarda bolgariyalik grossmeyster Arkadiy Naydich (2636) bilan murosaga keldi. Yana bir grossmeysterimiz Nodirbek Yakubboev (2668) oq donalarda FIDE bayrog'i ostida qatnashayotgan rossiyalik grossmeyster Ivan Zemlyanskiy (2543)ni mag'lubiyatga uchratdi. SHamsiddin Vohidov (2681) oq donalarda italiyalik Lorenco Lodiki (2564) bilan durang o'ynadi. 

Quvonarlisi, yosh grossmeysterimiz Abdumalik Abdusalimov (2536) oq donalarda armanistonlik grossmeyster Gaik Martirosyan (2656)ni taslim etdi. Abdumalik o'tgan turda qora donalarda o'ynashiga qaramay, Toshkentda o'tgan "Prezident Kubogi" turniri g'olibi Nihal Sarin (2676)dan ochko tortib olgandi. Yoshlar o'rtasida jahon chempioni Afruza Hamdamova (2354) hindistonlik Aditya Dhingra (2448) bilan durang qayd etdi. 

Oltinchi turda yosh grossmeysterimiz Muhiddin Madaminov qora donalarda harakat qilganiga qaramay, taniqli hind grossmeysteri Narayanan (2647)dan ustun keldi. Bu turda shaxmatchilarimizdan Muhammadzohid Suyarov, Ortiq Nig'matov, Humoyun Begmuratov va Asrorjon Omonov g'alabaga erishdi. Saidakbar Saydaliev, Bahrom Baxrillaev va Muhammadali Abdurahmonov raqiblari bilan durangga imzo chekishdi. Almas Rahmatullaev va Nilufar Yakubboeva esa mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Nilufar barcha olti uchrashuvda raqiblariga yutqazgani etiborga molik holat. 

Ettinchi tur oldidan armanistonlik grossmeyster SHant Sargsyan 5,5 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib oldi. Rossiyalik Andrey Esipenko 5 ochko bilan qo'shimcha koeficentlarga ko'ra ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Hindistonlik Arjun Ergaisi va BAA vakili Salem Saleh hisobida ham 5 ochkodan bor. Hamyurtimiz Abdumalik Abdusalimov 4,5 ochko to'plagan 6 shaxmatchi orasida eng yaxshi natija bilan 5-o'ringa ko'tarilib oldi. Muhiddin Madaminov va Nodirbek Yakubboev hisobida ham 4,5 ochko bo'ilb, ular mos ravishda 7 va 9-o'rinlardan joy olishgan. To'rt ochkodan jamg'argan SHamsiddin Vohidov va Nodirbek Abdusattorov mos ravishda 16 va 28-o'rinni egallab turibdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing