So’nggi yangiliklar

15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0

05 dek 08:06
Yangiliklar

SHaxmat

Qatar Masters. Nodirbek Abdusattorov 123-o'rinda, eng yaxshi ko'rsatkich Afruza Hamdamovada

Qatar poytaxti Doha shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli musobaqa davom etmoqda.

Mukofot jamg'armasi 94 200 AQSH dollarini tashkil qiluvchi Qatar Masters turnirida jami 53 nafar o'zbekistonlik shaxmatchi A va V guruhida bahslarga kirishishgan. Kuchlilar jam bo'lgan Open turnirida 15 nafar shaxmatchimiz sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishyapti. 

Afsuski, turnirda ikkinchi raqam ostida tasniflangan Nodirbek Abdusattorov (2777) ilk davradagi mag'lubiyatdan keyin yana yuta olmadi. Grossmeysterimiz qora donalarda BAA vakili Omran Al Hosani bilan durangga rozi bo'ldi. Birinchi turda yutqazgan yana bir grossmeysterimiz Nodirbek Yakubboev (2668) nihoyat 2-turda shotlandiyalik Abdulla Murod (2321)ni taslim eta oldi. 

SHamsiddin Vohidov (2681) oq donalarda o'ynashiga qaramay, hindistonlik Krishna Gutam (2466) bilan durang qayd etdi. Yoshlar o'rtasida jahon chempioni Afruza Hamdamova (2354) 1-turda qora donalarda harakat qilganiga qaramay, italiyalik grossmeyster Lorenco Lodiki (2564)ni mag'lub etgandi. Kecha u rossiyalik taniqli grossmeyster Vladislav Artemev (2701) bilan durang o'ynadi.      

Turnirning birinchi tartib raqamli shaxmatchisi hindistonlik Arjun Ergaisi (2801) 1-turda hamyurtimiz Muhammadali Abdurahmonov (2395)ni enggandi. Kecha u qozog'istonlik grossmeyster Murtaz Kajgaleev (2488) bilan murosa yo'lini tanladi. Eronlik Parham Maqsudlu (2703) yana ochko yo'qotdi. U bu safar vatandoshi Artin Ashrafni yuta olmadi. O'tgan hafta Toshkentdagi xalqaro turnir g'olibi Nihal Sarin (2676) ikkinchi uchrashuvda ham g'alaba qozondi. Kecha hindistonlik shaxmatchi vatandoshi Sriharini mag'lubiyatga uchratdi. 

Ikkinchi turda yosh grossmeysterlarimizdan Muhiddin Madaminov (2501) va Abdumalik Abdusalimov (2536), xalqaro masterlar Ortiq Nig'matov (2447) hamda Saidakbar Saydaliev (2473) g'alabaga erishib, ochkolarini 1,5 taga etkazib oldi. 

Kuchlilar guruhida qatnashayotgan hamyurtlarimizdan Muhammadzohid Suyarov, Humoyun Begmuratov, Almas Rahmatullaev, Muhammadali Abdurahmonov raqiblari bilan durangga imzo chekishdi. Bahrom Baxrillaev, Nilufar Yakubboeva va Asrorjon Omonov raqiblariga imkoniyatni boy berishdi. 

Ikkinchi turdan so'ng shov-shuvli tarzda Nodirbek Abdusattorovni mag'lubiyatga uchratgan Reza Mahdavi qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra hamon 1-o'rinni egallab turibdi. Yana 15 nafar shaxmatchi ham yuz foizlik natija qayd etgan. Hamyurtlarimiz orasida eng yuqori o'rin hozircha Afruza Hamdamovaga tegishli. Yoshlar o'rtasida jahon chempioni 1,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 17-o'rinni egallab turibdi. Yani, 1,5 ochkolilarning eng yaxshi ko'rsatkichi aynan Afruzada! Yarim ochkoga ega Nodirbek Abdusattorov 123-pog'onadan joy olgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing