So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

13 dek 09:59
Yangiliklar

SHaxmat

Qatar Masters. Nodirbek Abdusattorov kuchli uchlikda yakunladi, Abdumalik Top-8`da

Qatar poytaxti Doha shahri mezbonlik qilgan shaxmat bo'yicha nufuzli musobaqa o'z yakuniga etdi.

Mukofot jamg'armasi 94 200 AQSH dollarini tashkil qiluvchi Qatar Masters turnirida jami 53 nafar o'zbekistonlik shaxmatchi A va V guruhida bahs olib bordi. Kuchlilar jam bo'lgan Open turnirida 15 nafar shaxmatchimiz sovrinli o'rinlar uchun kurashdi. Ular orasida eng yaxshi natijaga Nodirbek Abdusattorov (2777) erishdi. 

Turnirda ikkinchi raqam ostida tasniflangan Abdusattorov so'nggi turda hindistonlik grossmeyster Leon Luke Mendonsa (2642)ni mag'lubiyatga uchratdi. To'qqiz imkoniyatdan 7 ochko jamg'argan Nodirbek qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra turnirda sovrinli uchinchi o'rinni egalladi. Turnirning birinchi tartib raqamli shaxmatchisi Arjun Ergaisi (Hindiston, 2801) hamyurtimiz singari 7 ochko bilan 2-o'ringa ega chiqdi. Agar Abdusattorov ilk turda reytingi ancha past shaxmatchiga yutqazib qo'ymaganida, chempionga ham aylanishi mumkin edi. 

SHaxmatchilarimiz orasida ikkinchi eng yaxshi natijani Abdumalik Abdusalimov (2536) qayd etdi. Yosh grossmeysterimiz 6 ochko bilan 8-pog'onadan joy oldi. Ettinchi o'rinni egallagan hindistonlik Idani Puya (2603) ham Abdumalik singari 6 ochko to'pladi. Olti ochkoga ega Nodirbek Yakubboev (2668) qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 18-o'rin bilan kifoyalandi. 

Qatar Masters 2024 chempionligi rossiyalik Andrey Esipenkoga nasib etdi. FIDE bayrog'i ostida o'ynagan Esipenko 7,5 ochko jamg'arishga muvaffaq bo'ldi. CHempion 25 000, Ergaisi 15 000, Abdusattorov esa 10 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini qo'lga kiritdi.    

Qolgan shaxmatchilarimizga to'xtaladigan bo'lsak, Muhiddin Madaminov qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 22, SHamsiddin Vohidov 23, Ortiq Nig'matov 30, Asrorjon Omonov 34 (uchchala shaxmatchimiz ham 5,5 ochkodan jamg'argan), Muhammadali Abdurahmonov 47, Humoyun Begmuratov 56 (ikkalasi ham 5 ochkodan), Saidakbar Saydaliev 73, Muhammadzohid Suyarov 75, Almas Rahmatullaev 86 (uchchalasi ham 4,5 ochkodan), Afruza Hamdamova 90, Bahrom Bahrillaev 94 (ikkalasi ham 4 ochkodan), Nilufar Yakubboeva esa oxirgi o'rinni egalladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing