So’nggi yangiliklar

09:31Ўзбекистон ва Хитой крикет соҳасида ҳамкорликни янги босқичга олиб чиқмоқда 0 08:39Англия лига Кубоги. 4-даражали лиганинг 18-ўриндаги жамоаси "Арсенал"ни турнирдан чиқариб юборди 0 07:57Боксчиларимиз Жаҳон чемпионатида умумжамоа ҳисобида биринчи бўлишди 0 07:06Янгиланган UFC рейтингида Кавана кўтарилди. Темировчи? 0 20:57Айтжан Халмаханов жаҳон чемпионатининг кумуш медалига сазовор бўлди 0 18:36Ямаль нима учун "Олтин тўп"ни ололмади? “France Football” бош муҳаррири изоҳ берди 0 17:49Кудерметова Гуанчжоудаги турнирда индонезиялик теннисчига қарши кортга чиқди 0 17:012027 йилнинг илк UFC турнири эълон қилинди + ПОСТЕР 0 16:07Бугун Синдаров Clutch Chess турниридаги иштирокини бошлайди 0 15:16Остон Ўрунов яна жароҳат олди 0 14:31Волкановски Топурия билан реванш ўтказишга тайёр 0 13:10Каспаров Жавоҳир Синдаровнинг Гукешга қарши жаҳон тожи учун баҳси ҳақида гапирди 0 12:08Жасур Алижонов Рамазон Темиров қаерда хато қилганини айтди 0 11:30Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 10:45Айтжан Халмаханов Жаҳон чемпионлиги учун финалда курашади 0

08 dek 12:37
Yangiliklar

SHaxmat

Qatar Masters. Nodirbek Abdusattorovda ketma-ket uchinchi g'alaba. Qolgan shaxmatchilarimizdachi?

SHu kunlarda Qatar poytaxti Doha shahri shaxmat bo'yicha nufuzli musobaqaga mezbonlik qilmoqda.

Mukofot jamg'armasi 94 200 AQSH dollarini tashkil qiluvchi Qatar Masters turnirida jami 53 nafar o'zbekistonlik shaxmatchi A va V guruhida bahs olib boryapti. Kuchlilar jam bo'lgan Open turnirida 15 nafar shaxmatchimiz sovrinli o'rinlar uchun kurashyapti. 

Turnirda ikkinchi raqam ostida tasniflangan Nodirbek Abdusattorov (2777) ketma-ket uchinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. U 5-turda oq donalarda hindistonlik Ayush SHarma (2466)ni mag'lubiyatga uchratdi. Yana bir grossmeysterimiz Nodirbek Yakubboev (2668) ketma-ket uchta g'alabadan keyin ochko yo'qotdi. Qora donalarda harakat qilgan Yakubboev italiyalik Lorenco Lodiki (2564) bilan durang o'ynadi. 

SHamsiddin Vohidov (2681) qora donalarda hindistonlik Pranesh (2582) bilan murosaga keldi. Yoshlar o'rtasida jahon chempioni Afruza Hamdamova (2354) mo'g'ulistonlik Gan-Erdene Sugar (2437) bilan durang qayd etdi. Yosh grossmeysterimiz Abdumalik Abdusalimov (2536) qora donalarda o'ynashiga qaramay, Toshkentdagi "Prezident Kubogi" turniri g'olibi Nihal Sarin (2676)dan ochko tortib oldi. Ushbu bahsda kuchlar teng keldi. 

Turnirning birinchi tartib raqamli shaxmatchisi hindistonlik Arjun Ergaisi (2801) 5-turda vatandoshi SHehar Ganguli (2578)ni engdi. Eronlik Parham Maqsudlu (2703) qora donalarda harakat qilganiga qaramay, hindistonlik Dingra Adityani mag'lubiyatga uchratdi. 

Beshinchi turda yosh grossmeysterimiz Muhiddin Madaminov hind shaxmatchisi Ajay Santoshdan, Saidakbar Saydaliev, Muhammadali Abdurahmonov va Almas Rahmatullaev mos ravishda hindistonik raqiblari Vaz Etan, Ankit Ray hamda Vishal Vivaandan ustun kelishdi. Ortiq Nig'matov (2447) hindistonlik Leon Mendonka (2642)ga, Bahrom Baxrillaev Srixariga yutqazdi. Kuchlilar guruhida qatnashayotgan hamyurtlarimizdan Muhammadzohid Suyarov, Asrorjon Omonov, Humoyun Begmuratov raqiblari bilan durang o'ynashdi. Nilufar Yakubboeva bu turda ham mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Nilufar barcha uchrashuvlarda raqiblariga yutqazgan. 

Oltinchi tur oldidan armanistonlik grossmeyster SHant Sargsyan 4,5 ochko bilan qo'shimcha koeficentlarga ko'ra peshqadamlik qilyapti. Hindistonlik Murali Kartekiyan hisobida ham 4,5 ochko bor. Olti shaxmatchi 4 ochko bilan 3-8 o'rinlarni band etgan. Yigirma bir nafar shaxmatchi 3,5 ochkodan jamg'argan. Ular orasida hamyurtlarimiz SHamsiddin Vohidov, Abdumalik Abdusalimov, Nodirbek Yakubboev, Muhiddin Madaminov, Nodirbek Abdusattorov ham bor. Ular orasida Abdusalimov nisbatan yuqoriroq - 16-o'rinni egallab turibdi. 

Nodirbek Abdusattorov 49-pog'onadan 28-o'ringa ko'tarilib oldi. Saidakbar Saydaliev va Almas Rahmatullaev 3 ochkodan to'plab, mos ravishda 40 va 52-o'rinlarda borishmoqda. Bugun turnirda dam olish kuni sifatida elon qilingan. 

Ertaga 6-turda Nodirbek qora  donalarda bolgariyalik Arkadiy Naydich (2636)ga qarshi bahs olib boradi. SHamsiddin Vohidov Lodiki Lorenco, Abdumalik Abdusalimov armanistonlik Xayk Martirosyan, Nodirbek Yakubboev esa rossiyalik Ivan Zemlyanski, Muhiddin Madaminov hindistonlik Narayananga qarshi bahs olib boradi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing