So’nggi yangiliklar

19:41"Бундай ҳолатлар бизнесга фойда келтирмайди". Дана Уайт Нурмагомедовнинг Двалишвилига ҳужуми ҳақида гапирди 0 18:53"Ман Сити"га нисбатан санкциялар тўғрисидаги қарор қачон эълон қилиниши маълум бўлди 0 18:00Двалишвили: "Мен Доғистонни яхши кўраман, хеч кимга нисбатан айблов қўйилишини истамайман" 0 17:05UFC 334 турнири иштирокчиларнинг тўлиқ карди ва жангчилар рўйхати 0 16:16"Хабибнинг жамоаси қаерга бормасин, жанжаллар келиб чиқади". Уайт Нурмагомедовнинг ҳужуми ҳақида гапирди 0 15:31Салоҳ Миср терма жамоаси тарихидаги энг яхши тўпурарга айланди 0 14:42Двалишвили ҳибсдан озод этилганидан кейин илк бор муносабат билдирди 0 14:15Ўқ отиш спорти: Ўзбекистонлик спортчи илк бор Жаҳон чемпионатида трап дастурининг финалида қатнашди 0 13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0

06 dek 08:28
Yangiliklar

SHaxmat

Qatar Masters. Nodirbek Abdusattorovda nihoyat g'alaba. Qolganlardachi?

Qatar poytaxti Doha shahri shaxmat bo'yicha nufuzli musobaqaga mezbonlik qilmoqda.

Mukofot jamg'armasi 94 200 AQSH dollarini tashkil qiluvchi Qatar Masters turnirida jami 53 nafar o'zbekistonlik shaxmatchi A va V guruhida bahs olib boryapti. Kuchlilar jam bo'lgan Open turnirida 15 nafar shaxmatchimiz sovrinli o'rinlar uchun kurashyapti. 

Turnirda ikkinchi raqam ostida tasniflangan Nodirbek Abdusattorov (2777) 3-turga kelib ilk g'alabasiga erishdi. Avvaliga mag'lubiyat, keyin durang qayd etgan grossmeysterimiz 3-turda oq donalarda Indoneziya vakili Alisya Slivikani mag'lubiyatga uchratdi. Birinchi turda yutqazgan yana bir grossmeysterimiz Nodirbek Yakubboev (2668) ketma-ket ikkinchi g'alabasini tantana qildi. U qora donalarda eronlik Artin Ashrafdan ustun keldi. 

SHamsiddin Vohidov (2681) qora donalarda hindistonlik Aditya Dhingra (2448) bilan durang qayd etdi. Yoshlar o'rtasida jahon chempioni Afruza Hamdamova (2354) bir g'alaba va durangdan keyin 3-turda mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. U qozog'istonlik grossmeyster Murtaz Kajgaleev (2488)ga yutqazib qo'ydi.     

Turnirning birinchi tartib raqamli shaxmatchisi hindistonlik Arjun Ergaisi (2801) 1-turda hamyurtimiz Muhammadali Abdurahmonov (2395)ni enggandi. Kecha u yana bir yosh shaxmatchimiz Saidakbar Saydaliev (2473)dan ustun keldi. Eronlik Parham Maqsudlu (2703) indoneziyalik Monika Sokoni taslim etdi. Toshkentdagi xalqaro turnir g'olibi Nihal Sarin (2676) hamyurti Sankapl Gupta (2545) bilan murosaga keldi va ilk bor ochko yo'qotdi.  

Ikkinchi turda yosh grossmeysterlarimizdan Muhiddin Madaminov (2501) o'zbek derbisida Ortiq Nig'matov (2447) bilan durang qayd etdi. Abdumalik Abdusalimov (2536) qora donalarda o'ynashiga qaramay, xitoylik Xengyi Juni mag'lubiyatga uchratdi va ochkolarini 2,5 taga etkazib oldi. 

Kuchlilar guruhida qatnashayotgan hamyurtlarimizdan Muhammadzohid Suyarov va Muhammadali Abdurahmonov 3-turda raqiblari bilan durang o'ynadi. Humoyun Begmuratov BAA vakili Omran Al Hosaniga yutqazdi. Almas Rahmatullaev va Bahrom Baxrillaev g'alabaga erishdi. Nilufar Yakubboeva o'zbek derbisida Asrorjon Omonovga imkoniyatni boy berdi. Bu Nilufurning ketma-ket uchinchi mag'lubiyati, Asrorjon ilk ochkosi bo'ldi.  

Uchinchi turdan so'ng ochko yo'qotmagan 4 nafar shaxmatchi qoldi. Ular bugun 4-turda o'zaro uchrashuvda kim kuchli degan savolga javob topishadi. O'n to'rt nafar shaxmatchi hisobida 2,5 ochkodan bor. Hamyurtlarimiz orasida eng yuqori o'rin hozircha Abdumalik Abdusalimovga tegishli. U 2,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 18-o'rinni egallab turibdi. Bir yarim ochkoga ega Nodirbek Abdusattorov 123-pog'onadan 86-o'ringa ko'tarilib oldi. 49-pog'onadagi shaxmatchida ham Nodirbek singari 1,5 ochko bor.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing