So’nggi yangiliklar

13:47"Челси"нинг икки футболчиси "Тоттенхэм"га ўтмоқда 0 13:18Қатар Осиё чемпиони бўлган қитъа биринчилигида Ўзбекистон терма жамоаси нечанчи ўринни эгаллади? (+ФОТО) 0 12:46Ҳасанбой Дўсматов янги менежерлик компанияси билан шартнома имзолади + ФОТО 0 12:14Хавьер Мендес Нурмагомедовнинг нокаути ҳақида: "Ёнида бўлишим керак эди" 0 11:45Жек Грилиш яна ижарага кетмоқда 0 11:13"Рекордим 14-0. UFC'га ўтиш вақти келди, шекилли" - Хотамбек Бойназаров 0 10:39Гэтжи Конор Макгрегор билан жанг қилиш эҳтимолини баҳолади 0 10:13Гусковнинг мураббийи кейинги рақиб ким деган саволга жавоб берди 0 09:4119 ёшли Ямаль "Барселона"нинг 91 йил сақланиб турган рекордини янгилади 0 09:08Шу ҳафта Нурсултон билан бир оқшом жанг қиладиган Хукер Нурмагомедовни UFC`да синаб кўришга тайёр 0 08:37Пратес Ислам Махачевни нокаут эвазига мағлуб этмоқчи 0 08:06US Open 2026. Биринчи ракеткамиз ҳам ғалаба билан бошлади 0 21:06Лео Месси Аргентина терма жамоасидаги фаолиятини якунлаганини эълон қилди 0 20:28Чимаев октагонга қайтишга тайёр! У ким билан жанг қилмоқчи эканини айтди 0 19:49Жонсон Умар Нурмагомедовнинг Ядонг билан жангидаги хатосини айтди 0

01 sen 13:18
Yangiliklar

Gandbol

Qatar Osiyo chempioni bo'lgan qita birinchiligida O'zbekiston terma jamoasi nechanchi o'rinni egalladi? (+FOTO)

Iordaniya poytaxti Amman shahri mezbonlik qilgan hamda jahon chempionatiga yo'llanmalar o'ynalgan gandbol bo'yicha yoshlar (U18) o'rtasidagi Osiyo chempionati o'z yakuniga etdi.

Ushbu qita birinchiligida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ham ishtirok etdi. Qo'l to'pi ustalarimiz A guruhida 3-o'rinni egallab, 1/4 finalga yo'l olishgandi. To'rtta o'yinning ikkitasida g'alaba qozonib, qolgan ikkisida mag'lub bo'lgan yoshlarimiz A guruhida 3-o'rin bilan pley-offga chiqishgan edi.

Afsuski, yoshlarimiz jahon chempionati yo'llanmasi uchun kechgan chorak final bahsida Eron terma jamoasiga 24:36 hisobida imkoniyatni boy berib qo'yishdi. Eron, Bahrayn, Koreya Respublikasi va Qatar terma jamoalari kelasi yili o'tkaziladigan Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. 

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 5-8 o'rinlar uchun o'tkazilgan uchrashuvda Saudiya Arabistoni yoshlariga 27:38 hisobida yutqazishdi. Keyin esa 7-8 o'rinlar uchun kechgan bahsda Iordaniya gandbolchilaridan 25:29 hisobida engilib, Osiyo chempionatini 8-o'rinda yakunlashdi. 

Hal qiluvchi final uchrashuvida Qatar terma jamoasi Bahrayndan 28:24 hisobida ustun kelib Osiyo chempioniga aylandi. Bronza medali uchun kechgan murosasiz bahsda esa Koreya Respublikasi gandbolchilari bitta to'p farqi bilan Eron terma jamoasidan ustun kelishdi - 29:28.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing