05 sen 19:15
Yangiliklar
Futbol

Qatar - O'zbekiston. O'yin bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi
Ertaga JCH-2018 saralashi doirasidagi Qatar va O'zbekiston milliy terma jamoalari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi.
“O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari Qatarga qarshi o'yinda qora rangdagi motam bog'ichida maydonga tushadilar. O'zbekiston terma jamoasining murojaatiga ko'ra, Qatarga qarshi o'yin O'zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasi uchun 1 daqiqalik sukut bilan boshlanadi”, - deb yoziladi O'FFning telegramdagi rasmiy kanalida.
Eslatib o'tamiz, uchrashuv 6 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar