17 fev 10:10
Yangiliklar
Futbol

Qatarda "o'zbek derbisi" bo'lib o'tdi
Qatar Yulduzlar ligasida 21-tur uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda.
Sanjar Tursunov o'ynayotgan “Al Xaraytiyat” klubi o'z uyida Sardor Rashidov to'p tepayotgan “Al Jayish”ga qarshi maydonga tushib 2:1 hisobida g'alabaga erishdi. Tursunov uchrashuvda 90-daqiqa o'ynadi, Sardor Rashidov esa 67-daqiqada boshqa futbolchiga almashtirildi.
CHempionatning 21-turidan so'ng “Al Xaraytiyat” 22 ochko bilan turnir jadvalida 9-o'rinda, "Al Jayish" esa 39 ochko bilan 4-pog'onada bormoqda.
Qatar Yulduzlar Ligasi. 21-tur
“AL XARAYTIYAT” - "AL JAYISH" 2:1
Gollar: Abdulaziz Al Ansari 63, Tiberkanine 64 - Romarino 7
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar