07 iyu 09:07
Yangiliklar
Tennis
Qatorasiga 12-g'alaba va Xalep "Uimbldon" 1/2 finalida
Dunyoning 18-raketkasi Simona Xalep Londonda davom etayotgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi "Uimbldon" turnirining yarim final ishtirokchisiga aylandi.
Ruminiyalik tennischi malikasi 65 daqiqa davom etgan chorak final uchrashuvida WTA reytingining 25-pog'onasidan joy olgan amerikalik Amanda Anisimovani mag'lubiyatga uchratdi - 6/2, 6/4. Bu uning "Uimbldon"dagi ketma-ket 12-g'alabasi bo'ldi.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan to'rtinchi uchrashuvi edi. Amanda faqat bir marotaba g'alaba nashidasini surgan. Xalep kechagi uchrashuv davomida 3 ta eys va 4 ta breykni amalga oshirib, bitta qo'shxatoga yo'l qo'ydi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar