10 may 11:28
Yangiliklar
Qazaqstan Barysy Grand Slam 2026. Bugun uch nafar og'ir vaznli dzyudochimizga muxlislik qilamiz
Qazaqstan Barysy Grand Slam 2026 turnirining uchinchi kuni erkaklar o'rtasida -90, -100, +100 kg, ayollarda esa -78, +78 kg vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar aniqlanadi. Terma jamoamiz azolaridan Durdona Nizomiddinova, Ramazon Allaberganov va To'lqin Turdiev musobaqa medallari hamda jahon reytingi uchun taqdim etiladigan qimmatli ochkolar uchun tatamiga chiqadi.
Ikki kunlik bahslardan so'ng O'zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin va 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 6-o'rinni egallab turibdi. Musobaqaning birinchi kuni Abdurahim Nutfulloev (-66 kg) oltin, Anvarjon Ibrohimov (-66 kg) esa bronza medalini terma jamoamizga taqdim etgandi.
Bizdan yuqorida turgan Rossiya, Qozog'iston va Niderlandiya terma jamoalari hisobida ham bir nafardan chempion bor, faqat kumush hamda bronza medallar soni bo'yicha ular bizdan tepada joylashgan.
Bugungi saralash bellashuvlari soat 11:30da boshlanadi. Dzyudochilarimizga g'alaba va omad yor bo'lsin!
Dzyudochilarimzning ilk davra bellashuvlari:
+78 kg: Durdona Nizomiddinova — Jovanna Santos (Braziliya)
-90 kg: Ramazon Allaberdiev — Eniel Keroli (Franciya)
-100 kg: To'lqin Turdiev — Nikola Pavlovski (Makedoniya)

Fikrlar