28 sen 11:39
Yangiliklar
Dzyudo

Qingdao Grand Prix. Ahadovning medali sabab nechanchi o'ringa ko'tarildik?
Xitoyning Cindao shahrida dzyudo bo'yicha Gran-Pri turkumiga kiruvchi musobaqa davom etmoqda.
Dunyoning 26 davlati dzyudochilari qatnashayotgan musobaqaning ikkinchi kuni jamoamiz uchun omadli keldi. -73 kg vazn toifasidagi vakilimiz SHahram Ahadov kumush medalni qo'lga kiritdi. Bu esa O'zbekiston terma jamoasining Prague European Open 2025 turnirida Top-10`talikka kirib olishiga xizmat qildi.
Medallar jamg'arish bo'yicha Yaponiya terma jamoasi mutlaq etakchi. Dzyudo vatani vakillari 5 ta oltin, 2 ta kumush medalni qo'lga kiritib ulgurishdi. Kuchli uchlikdan Xitoy va Mo'g'uliston terma jamoalari joy olgan. Hozirgacha 16 ishtirokchi davlat jamoalari kamida bitta bronza medaliga ega chiqishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar