So’nggi yangiliklar

11:08UzChess Cup III. Нодирбекларда аламли мағлубият. Бугун Мадаминов ёки Воҳидов чемпион бўлиши мумкин 0 10:42Оз қолди! Ўзбекистон МТЖнинг навбатдаги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 10:07UFC White House. Марказий жанг муддатидан олдин тугади 0 09:41Красноярскдаги турнирни 5 та медаль билан якунладик, Азаматова чемпион! 0 09:06Алекс Перейрани чемпионлик жангида нокаут қилишди 0 08:4972 йилдан сўнг ЖЧда ушбу ҳолат яна бир бор содир бўлди 0 08:28Оқ уй: Шон О'Мэлли иштирокидаги жанг ҳам муддатидан аввал якунланди 0 08:11Деррик Льюис Оқ уйда жанг қилди 0 07:18UFC Freedom 250. Майкл Чендлерни биринчи раунддаёқ нокаут қилишди 0 17:59Ян Облак "Атлетико”дан бошқа клубга ўтиши мумкин 0 17:30Улар муҳаббат шаҳрида + ФОТО 0 16:54Кэти Тэйлорнинг хайрлашув жангига чипталар 30 дақиқада сотиб бўлинди 0 16:26Тошкентда ўтган Octagon 87 турниридан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:55Рафинья "Барселона" бўйича қарор қабул қилди 0 15:28Топурия Махачев билан жанг учун даҳшатли сумма сўраган экан 0

26 apr 10:07
Yangiliklar

Sport kurashlari

Qirg'izistonlik kurashchi licenzion turnirda qozog'istonlik raqibiga shapaloq tushirdi + VIDEO

19-21 aprel kunlari Qirg'iz Respublikasining Bishkek shahri sport kurashlari bo'yicha Parij-2024 Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi Osiyo licenzion turniriga mezbonlik qildi.

Musobaqa doirasida tashkil etilgan yunon-rum kurashi bellashuvlarining birida qiziq holat yuz berdi.

Turnirda 130 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi azosi Roman Kim 1/2 final bosqichida, Olimpiada licenziyasi uchun kurashda qozog'istonlik Alimxon Sizdiqovga qarshi gilamga chiqdi.

Qozog'istonlik sportchi bellashuvni faol boshladi va 10-soniyadayoq raqibini gilamdan chiqarib yuborib, 1 ballni qo'lga kiritdi. Sizdiqov faol kurashni davom ettirdi va buning uchun Roman Kimning qo'lidan tarsaki qabul qilib oldi. Hakamlar mezbon kurashni ogohlantirish bilan jazolashdi va Sizdiqovga 2 ball berishdi.

Yakunda bahs qozog'istonlik kurashchining foydasiga hal bo'ldi va u Parij-2024 licenziantiga aylandi. Kim esa Turkiyadagi jahon licenzion turnirida Top-3`likka kirsa, Parijga borishi mumkin.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing