09 iyu 16:38
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/226117_220.jpg)
Qirg'izistonlik yana bir jangchi UFC chempioniga aylanish niyatida
Avval xabar berganimizdek, yakshanba tongida UFC on ESPN 39 turniri bo'lib o'tadi.
Ushbu turnirning markaziy jangida braziliyalik Rafael dos Anosga qarshi oktagonga chiquvchi Rafael Fiziev jang oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Uni mag'lub etish, chempionlik kurashi uchun katta qadam bo'lardi, bunga ishonchim komil. Bu jangdan so'ng yana bir marta g'alaba qozonsam, kamar uchun jangga yaqinlashaman. Bu mening orzuim", - dedi Fiziev.
Eslatib o'tamiz, Rafael so'nggi bor o'tgan yilning 5 dekabrida, yangi zelandiyalik Bred Riddelga qarshi jang qilgan edi.
Avvalroq, Konor Makgregor Fiziev haqida fikr bildirgan edi, tabiiyki qirg'iz MMA ustasi buni javobsiz qoldirmadi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar