21 fev 11:08
Yangiliklar
Qishki Olimpiadaning xokkey turnirida finalchilar aniqlandi. Amaldagi chempion to'xtatildi
"Arena Santa-Juliya"da o'tgan 1/2 final uchrashuvida Kanada terma jamoasi amaldagi Olimpiada chempioni hisoblangan Finlyandiyani bahs yakuniga 36 soniya qolganda kiritilgan gol evaziga mag'lubiyatga uchratdi - 3:2. Kanadaliklar 0:2 hisobida mag'lub bo'la turib, dahshatli kambek amalga oshirishdi.
Gollar: 0:1 Rantanen (Axo) – 16:55 (pp) 0:2 Xaula (Armia) – 23:26 (sh) 1:2 Raynxart (Makar, Makdevid) – 34:20 (pp) 2:2 Teodor (Sanxaym, Uilson) – 50:34 3:2 Makkinnon (Makdevid, Selebrini) – 59:24 (pp)
Ikkinchi 1/2 final juftligida AQSH terma jamoasi Slovakiyani yirik 6:2 hisobida dog'da qoldirdi. G'olib jamoa tarkibida Jek Xyuz dublga erishgan bo'lsa, qolgan shaybalarga Dilan Larkin, Teyj Tompson, Jek Aykel va Bredi Tkachuk mualliflik qildi. Slovakiyaliklar safida Yuray Slafkovski va Pavol Regenda o'zini ko'rsatdi.
SHu tariqa, AQSH va Kanada terma jamoalari final uchrashuvida Olimpiada chempionini aniqlab bersa, yarim final alamzadalari - Finlyandiya va Slovakiya bronza medali taqdirini hal qiladi.

Fikrlar