08 fev 09:44
Yangiliklar
Qishki sport turlari, Xarbin-2025

Qishki Osiyo o'yinlari. Bugungi kun Daniil Eybog uchun biroz omadsiz boshlandi
Xarbinda (Xitoy) IX qishki Osiyo o'yinlarining oltinchi kungi bellashuvlari boshlandi.
Kun davomida short-trekchi Daniil Eybog hamda ayol tog' chang'ichilarimiz bahslarda ishtirok etishi haqida xabar bergan edik.
Biroz oldin Eybog 1500 m masofaga kechgan yarim final bosqichida ishtirok etdi. Biroq u mazkur masofada etti sportchi orasida so'nggi natijani (3:06.877) qayd etib, finalga yo'l ola bilmadi.
500 metrga kechgan chorak final bellashuvida esa 27 yoshli Daniil 41.350 soniya natija qayd etib, uchinchi bo'ldi. Hakamlar qaroriga ko'ra, Daniil 500 m dasturida yarim finalda ishtirok etadigan bo'ldi.
Uning keyingi chiqishi birozdan so'ng bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar