09 fev 13:59
Yangiliklar
![](/upload/storage/322158_220.jpg)
Qishki Osiyo o'yinlari. Medal kutilgan Danila Semerikov kutilmagan natijani qayd etdi
Kun davomida konkida yugurish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Danila Semerikov 5000 m masofaga kechgan bahslarda ishtirok etdi.
30 yoshli sportchi belgilangan masofani 6 daqiqa, 39.71 soniyada bosib o'tdi. Biroq bu medallar uchun etarli bo'lmadi. Jami 16 sportchi ishtirok etgan dasturda Danila oltinchi bo'ldi.
SHunday qilib, Rossiya terma jamoasidan mahalliylashtirilgan yana bir sportchi O'zbekiston uchun debyut musobaqasini medalsiz yakunladi. Avvalroq, Daniil Eybogning Osiyo o'yinlaridagi chiqishi tugagani haqida xabar bergan edik.
Konkida yugurish
Erkaklar, 5000 m
9 fevral (HIC Speed Skating Oval)
1. Vu YU - 6:27.82 (Xitoy)
2. Liu Xanbin - 6:29.93 (Xitoy)
3. Muxamaiti Xanaxati - 6:31.54 (Xitoy).
...
6. Danila Semerikov 6:39.71
Fikrlar