07 fev 21:52
Yangiliklar
Qishki sport turlari, Xarbin-2025
Qishki Osiyo o'yinlarining ertangi kunida besh nafar o'zbekistonlik sportchi ishtirok etadi
8 fevral kuni Xitoyning Xarbin shahrida IX qishki Osiyo o'yinlarining beshinchi kungi bellashuvlari o'tkaziladi.
Kun davomida O'zbekiston terma jamoasining jami besh nafar vakili chiqish qiladi.
SHort-trekchi Daniil Eybog ikki dasturdagi yurishini davom ettirsa, ayol tog' chang'ichilarimiz Osiyo o'yinlaridagi ishtiroklarini boshlaydi.
7:00 dan so'ng:
Tog' chang'isi (ayollar), birinchi urinish:
Sabina Rejepova
Valeriya Kovalyova
Kseniya Grigoreva
Mariya Morozova.
7:40 dan so'ng:
SHort-trek (erkaklar 1500 m masofaga), yarim final:
Daniil Eybog.
9:10 dan so'ng:
SHort-trek (erkaklar 500 m masofaga), chorak final:
Daniil Eybog.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar