So’nggi yangiliklar

19:23Чимаев ва Царукян 2025 йилда энг кўп допинг тестини топширган UFC жангчилари учлигидан жой олди 0 19:02Лайлохон ва Нигина борми? Аёллар кураши бўйича U-23 Жаҳон чемпионати учун таркибимиз эълон қилинди 0 18:41Тимур Кападзе Патрик Клюйверт ўрнини эгаллаши мумкин 0 18:20Шаҳрам Ғиёсовнинг вазнидан кўтарилган Жейрон Эннис Исроил Мадримовнинг дивизионида The Ring рейтингига киритилди 0 17:59ИНТЕРВЬЮ. Кўчада қолиб кетдим — Ҳумоюн Тўхтамуродов 0 17:38Тожикистонлик UFC жангчисининг кейинги рақиби ва жанг санаси маълум бўлди 0 17:17Фабио Каннаваро Суперлига 25-турининг 4 та ўйинини стадиондан кузатади + ФОТО 0 16:56Россиялик UFC жангчиси промоушендан ҳайдалди 0 16:35Ҳумоюн Тўхтамуродов, Ислом Болтаев каби таниқли ММА жангчилари иштирок этадиган ATFC 25 турнирининг тўлиқ карди эълон қилинди 0 16:14UWW президенти Ненад Лалович курашчиларимиз билан учрашди (ФОТО) 0 15:53"Рома" янги стадионга эга бўлади. Бунга Евро-2032 сабаб бўлмоқда 0 15:3241 ёшли кунг-фу қиролининг UFC'даги янги жанги тасдиқланди 0 15:11ММА бўйича Ўзбекистон терма жамоасига бош мураббий тайинланди 0 14:50Хорхе Масвидал судда 5,3 миллион доллар ютиб олди 0 14:29Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Венесуэла ва Африка терма жамоалари билан ўйнайди 0

25 iyu 21:25
Yangiliklar

Futbol

"Qizilqum" - "Neftchi" 0:0.

Oliy Liga 14-turi doirasida "Qizilqum" hamda "Neftchi" jamoalari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tdi.

Qizilqum (Navoiy) – Neftchi (Farg'ona) 0:0


25 iyun 2016. Navoiy. "Yoshlar" stadioni. 19:30
Hakamlar: O. Tolibjonov (Toshkent), D. Sarsenov (Nukus), B. Kannazarov (Nukus), I. Ibragimov (Nukus)
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
O'zPFL vakili: N. Lutfulin.


"Qizilqum": 1.Erkin Jabborov, 5.Georgi Kvesieshvili, 8.Akmal Rustamov, 14.Fayzullo Qambarov, 17.Otabek Narzullaev (7.Sarvar Xolmatov 61), 18.Samandar SHodmonov (91.Elyor Akbarov 54), 20.Vyacheslav SHevchenko (10.Bahriddin Vahobov 67), 23.SHerali Jo'raev, 25.Azizbek Usmonov, 27.Ilhom Yunusov, 99.Alisher Yusupov.
Zaxira: 22.Artyom Makosin, 33.Andrey Derkach, 70.Nodir Kamolov, 98.Bekzod G'anijonov.

"Neftchi": 1.O'tkir Yusupov, 3.SHukurali Po'latov, 6.Baxtiyorjon Yoqubov (44.Islomjon Toshpo'latov 85), 8.Umidjon Qodirov, 9.SHerzod Hakimov (26.Otabek Isroilov 81), 11.Abbos Maxstaliev (23.Abdurahmon Abdulhaqov), 15.Husniddin G'ofurov, 18.Javohirbek Rasulov, 20.Dilyorbek Ermatov, 22.Alisher Samatov, 32.Jahongir Mehmonov.
Zaxira: 35.Abdumavlon Abdujalilov, 2.Sardor Qulmatov, 25.Ibrohim No'monov, 52.Abror Ismoilov.

Ogohlantirishlar: Ermatov 74, Samatov 88, A.Yusupov 90+1.

Matnli translyaciyada o'z yordamini ayamagan "Neftchi" matbuot xizmatiga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

O'yin yakunlandi.

90+4. "Neftchi" o'zgarish. Maxstaliev o'rniga Abdulhaqov maydonga tushdi.

90+1. Alisher Yusupov ogohlantirildi.

90. Hakam ikkinchi bo'limdagi to'xtalishlar uchun 5 daqiqa qo'shib berdi.

89. Zarba ! Sarvar Xolmatov yaqin masofadan "Neftchi" darvozasini o'qqa tutdi. Noaniq.

88. Alisher Samatovga sariq kartochka. Raqib bilan tortishgani uchun...

85. "Neftchi"da navbatdagi o'zgarish. Baxtiyor Yoqubov o'rniga Islom Toshpo'latov tushdi.

83. Hujumlar soni  maydon egalarida ko'proq. "Neftchi" himoyada tartibli harakat qilmoqda.

81. "Neftchi"da o'zgarish. SHerzod Hakimov o'rniga Otabek Isroilov o'yinni davom ettiradi.

79. SHerzod Hakimov! "Neftchi" futbolchisi qanotdan tashlab berilgan to'pni raqib darvozasiga yo'lladi. To'p esa darvozabonga kelib tushdi.

77. Maydondagi kurash borgan sari keskinlashyapti.

74. Dilyor Irmatovga sariq kartochka ko'rsatildi. Ochig'i, hakamning qarori tushunarsiz bo'ldi...

70. Ilhom Yunusov ! "Qizilqum" futbolchisi "Neftchi" darvozasiga uzoqdan zarba berdi. Noaniq.

67. "Qizilqum"da o'zgarish.  Vyacheslav SHevchenko o'rniga Bahriddin Vahobov tushdi.

65. Navoiydagi "Qizilqum" - "Neftchi" bahsini stadionda tahminan 7 000 nafar muxlis tomosha qilmoqda.

61. "Qizilqum"da yana o'zgarish. Otabek Narzullaev o'rniga Sardor Xolmatov tushdi.

59. Xavfli vaziyat ! Burchakdan tashlab berilgan to'pni "Neftchi" vakili Husniddin G'ofurov darvozaga yo'lladi. To'p darvozabonga kelib tushdi.

54. "Qizilqum"da o'zgarish. Samandar SHodmonov o'rniga Elyor Akbarov maydonga tushdi.

50. "Qizilqum" futbolchilari ketma-ket standart vaziyatlarga ega bo'lmoqdalar.

48. Mezbonlar vakili Alisher Yusupov jarima to'pidan yana zarba yo'llashga muvaffaq bo'ldi! To'p jonli devordan qaytdi.

Ikkinchi bo'lim!

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI!

45. Zarbaaaa! Abbos Maxstaliev uzoqdan "Qizilqum" darvozasiga zarba yo'lladi. Biroz noaniq...

42. "Qizilqum" tezlikni oshirmoqda... Bo'lim yakunlanib bormoqda.

37. Alisher Yusupov! "Qizilqum" futbolchisi yana uzoqdan "Neftchi" darvozasini nishonga oldi. Yusupov to'pni qaytardi...

34. Xavfli qarshi hujum "Neftchi"! Farg'onaliklar tezkor qarshi hujumni amalga oshirishdi. Biroq yakunda SHerzod Hakimovni kuchli zarbasini himoyachilar qaytardi.

29. Zarba! Yana o'sha Azizbek Usmonov "Neftchi" darvozasiga uzoqdan zarba yo'lladi. O'tkir Yusupov to'pni darvoza yuqorisidan chiqarib yubordi...

26. O'yin surati sekin-asta ortmoqda. Maydonda tengkurash.

24. Hakam futbolchilar tomoqlarni xo'llab olishlari uchun o'yinni 5 daqiqaga to'xtatdi.

21. Xavfli vaziyattt! Otabek Narzullaev "Neftchi" darvozasiga zarba berdi. O'ktir Yusupov esa to'pni osonlik bilan ushlab oldi. Bugun Yusupov yaxshi harakatlanmoqda.

17. To'p bilan nazorat qilish bo'yicha kichik ustunlik mezbonlar tomonda.

14. Hujumlari soni ko'p. Lekin hozirgacha xavfli vaziyatlar aytarlik yo'q.

11. Alisher Yusupov! Mezbonlar vakili jarima to'pidan Yusupov darvozasiga zarba yo'lladi. To'p to'g'ri O'tkirga kelib tushdi.

8. Bahtiyor Yoqubov va Alisher Samatovlar bugun qanotlarda ancha faollar!

4. Zarbaaaa!! Azizbek Usmonov! Uning bergan kuchli zarbasini O'tkir Yusupov ushlab oldi.

1. O'yin boshlandi!

- Bugun "Neftchi" oq, "Qizilqum" ko'k ranglarda maydonda harakat qilmoqdalar.

- Navoiydagi stadionning holati ajoyib!

- Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari. "Qizilqum" hamda "Neftchi" jamoalari o'rtasidagi o'yindan matnli translyaciyani boshlaymiz!




Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing