21 apr 07:45
Yangiliklar
“Qizilqum” to'rt yillik tanaffusdan keyin o'z maydonida “Neftchi”ni engdi
Hamidjon Aktamov boshchiligidagi navoiyliklar to'rt yillik tanaffusdan keyin nihoyat o'z uylarida farg'onaliklarni mag'lub etishdi. “Qizilqum” futbochlilari so'nggi marta 2014 yilning avgustida Navoiyda “Neftchi”ni taslim (2:0) etishgandi. SHundan keyin mazkur jamoalarning Navoyida o'tgan bellashuvlarida tomonlar murosa (2015 yil- 0:0, 2016 yil -0:0, 2017 yil -2:2) ko'chasini tanlashgandi.
Umuman ushbu turda “Qizilqum” Superligada o'z maydonida ilk g'alabani tantana qildi. Bungacha Navoiy viloyatining bosh jamoasi joriy mavsumda o'z uyida o'tkazgan to'rtta bellashuvning (“Lokomotiv”, “Qo'qon-1912”, “Nasaf” va “Bunyodkor”) barchasida mag'lub bo'lgandi. SHuningdek, navoiyliklar Superliga bahslarida ilk marta o'z darvozalari daxlsizligini saqlab qolishga muvaffaq bo'lishdi.
“Qizilqum” matbuot xizmati
Fikrlar