So’nggi yangiliklar

17:502029 йилги Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати Мексикада ўтиши мумкин — FMF 0 17:19Макгрегор Ислам Махачевни Хабиб Нурмагомедовдан юқори баҳолади 0 16:452030 йилги қишки Олимпия ўйинлари дастуридаги ўзгариш эълон қилинди 0 16:18Рамазон Темиров Эрцегга қарши жанг олдидан Таиланддаги йиғинни якунлади (ФОТО) 0 15:52Моуринью "Реал"га керак бўлмаган ярим ҳимоячини аниқлади 0 15:10"Анча ёпиқ тарзда ишладик". Макгрегор Холлоуэйга қарши жанг учун тайёргарлик ҳақида гапирди 0 14:28Анвар Анваров Финляндиядаги халқаро мусобақада зафар қучди 0 13:41"Ҳурматсизлик қилишни камайтир, омадсиз". Макгрегор Гэтжининг чақирувига жавоб берди 0 13:17Неймарга 10 кун вақт берилди 0 12:43Олимпиада чемпиони Данияр Елеусинов Астанада маст ҳолатда қўлга олинди 0 12:09"У менга нима таклиф бера олади?" Макгрегор — Шавкат Раҳмонов билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 11:00Россиянинг халқаро спортга қайтиши: Ўзбекистон учун бу нимани англатади? (мутолаа учун) 0 10:33Англия термасининг тўрт ўйинчиси Норвегия билан учрашув олдидан жамоавий машғулотни ўтказиб юборди 0 09:51Бугун Осиё чемпионатида 7 боксчимизга мухлислик қиламиз (Жуфтликлар) 0 09:18Конор Макгрегор UFC тарихидаги энг буюк ярим енгил вазн жангчисини айтди 0

25 sen 20:10
Yangiliklar

Futbol

“Qizilqum” va “Nasaf” o'rtasidagi o'yinda 6ta gol urildi

Teglar :  FutbolQizilqumNasaf
Oliy liganing 23-turidan o'rin olgan so'nggi “Qizilqum” va “Nasaf” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tdi.

Navoiydagi o'yinning 27-daqiqasida mezbonlar himoyachisi Georgiy Kvesieshvili o'z jarima maydonchasi ichida to'pni qo'li bilan o'ynadi. Dragan CHeran penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi - 0:1.

Mehmonlar vakili SHuhrat Muhammadiev maydonning o'ng burchagiga yaqin nuqtada jarima to'pini jarima maydonchasiga uzatdi. Dragan CHeran qulay vaziyatda turgan Odiljon Hamrobekovga to'pni yo'naltirdi. Hamrobekov esa boshi bilan darvozani ishg'ol qildi - 0:2.

Birinchi bo'lim oxirida Nemanya Yovanovichning boshi bilan uzatgan to'pini Vohid SHodiev darvoza to'riga joylab, hisobni qisqartirdi - 1:2.

47-daqiqada darvozadan chamasi 18 metrlar uzoqlikdan Jasur Hasanov jarima to'pini tepdi. Qarshiliklar jonli devorida turgan o'yinchi to'pni qo'li bilan qaytardi. Penaltini Nemanya Yovanovich bexato amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi - 2:2.

Maydonning chap qanotidan Jasur Hasanovning havolatib yo'llagan jarima zarbasini Fayzulla Qambarov boshi bilan darvozaga yo'llab, hisobda jamoasini oldinga olib chiqdi - 3:2.

O'yin oxirida SHahboz Erkinov hisobni tenglashtirdi - 3:3.

25 sentyabr (yakshanba)

“Qizilqum” (Navoiy) – “Nasaf” (Qarshi) 3:3

Gollar: Dragan CHeran 27 penalti, - 0:1. Odiljon Hamrobekov 39, - 0:2 Vohid SHodiev 45+1, - 1:2, Nemanya Yovanovich 47 penalti, - 2:2. Fayzullo Qambarov 59, - 3:2, SHahboz Erkinov 90+1, - 3:3.

“Qizilqum”: 1.Erkin Jabborov, 5.Georgiy Kvesieshivili, 8.Akmal Rustamov, 10.Bahriddin Vahobov (99.Alisher Yusupov, 71), 14.Fayzullo Qambarov, 25.Azizbek Usmonov, 27.Ilhom Yunusov (80.Hamza Karimov, 88), 44.Erkin Boydullaev, 55.Jasur Hasanov, 84.Nemaniya Yovanovich, 86.Vohid SHodiev (18.Samandar SHodmonov, 78).

“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov, 23.SHerzod Azamov, 22.Igor Golban, 7.SHuhrat Muhammadiev (4.Maqsud Karimov, 87), 18.Bahrom Abdurahimov, 31.Saydullo Rahmatov, 38.Doniyor Narzullaev, 28.Fozil Musaev, 33.Odiljon Hamrobekov (15.SHaxboz Erkinov, 66), 34.Farruh Sayfiev, 69.Dragan CHeran (21.Azamat Allaniyozov, 86).

Hakamlar: SH. Qosimov (Toshkent), T. Galeev (Toshkent), A. Po'latov (Toshkent), I. Ibragimov (Nukus)

Ogohlantirishlar: Akmal Rustamov 45+2, Doniyor Narzullaev 57, SHaxboz Erkinov 84.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing