02 iyu 20:07
Yangiliklar
Eshkak eshish
Qizlarimiz jahon Kubogi bosqichida sovrindor bo'lishdi
Germaniyaning Duysburg shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha jahon kubogining ikkinchi bosqichi o'tkazilayotgani haqida xabar bergan edik.
Dunyoning 62 davlatidan eng kuchli sportchilar tashrif buyurgan ushbu nufuzli musobaqada 16 nafar eshkak eshuvchilarimiz yurtimiz sharafini himoya qilayotganligidan ham xabaringiz bor.
Bugun, 2iyun kuni S-2 qayig'ida juftlikda 200 metrlik masofaga eshkak eshgan Dilnoza Rahmatova hamda Nilufar Zokirova tandemi kumush medalni qo'lga kiritishdi. Belgilangan masofani 42.137 sekundda bosib o'tgan qizlarimiz bu borada faqat xitoylik (42.014) raqiblaridan bir necha millisekundga ortda qolishdi.
Artur Guleev va Elyorjon Mamadaliev juftligi S-2 qayig'ida 200 metr masofani 36.534 sekundda bosib o'tib, marraga to'rtinchi bo'lib etib kelishdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar