So’nggi yangiliklar

13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0

08 iyu 10:56
Yangiliklar

Boshqalar

Qo'l jangi bo'yicha Jahon chempionatida anana buzildi, O'zbekiston yoshlari dunyoda tengsiz!

4-7 iyun kunlari Toshkent shahrida qo'l jangi bo'yicha VI Jahon chempionati bo'lib o'tdi.

Takidlash kerak, musobaqa ilk marotaba Rossiya Federaciyasi hududidan tashqarida tashkil etildi.

Garchi butun dunyoda hamon pandemik vaziyat hukm surayotgan bo'lsa-da, “sharq gavhari” Toshkent mezbonlik qilgan musobaqaga jahonda qiziqish juda yuqori bo'ldi. Faqat, yana o'sha pandemik vaziyat, bir qator davlatlarda chegaralar yopilganligi boshqa sabablar tufayli juda ko'plab davlatlar yurtimizga o'z sportchilarini yubora olishmadi.

SHunga qaramay oltinchi bor o'tkazilgan Jahon chempionatida dunyoning 31ta mamlakatidan umumiy hisobda 300 nafardan ziyod sportchi g'oliblik uchun bahs olib borishdi. Toshkentga Xalqaro qo'l jangi federaciyasi prezidenti Sergey Astaxov, Hakamlar hayati raisi Igor Kuftin, shuningdek 9ta davlatning qo'l jangi federaciyalari prezidentlari hamda vice-prezidentlari kelishganligi ham musobaqa nufuzi yuqori bo'lganligini ko'rsatib turibdi.

Malumot uchun: O'zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish organlari qo'l jangi federaciyasi 1997 yilda tashkil etilgan bo'lib, 2006 yildan Xalqaro qo'l jangi federaciyasi azosi sanaladi.

2020 yil sentyabr oyidan buyon O'zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish organlari qo'l jangi federaciyasining raisi sifatida Milliy gvardiya qo'mondoni, general-mayor R.Djuraev ishlab kelmoqda.

Qo'l jangi bo'yicha Jahon chempionati doirasida O'zbekiston terma jamoasi azolari 8ta oltin, 11tadan kumush va bronza, jami 30ta medalni qo'lga kiritishdi. Mazkur natija vakillarimizga umumjamoa hisobida faxrli 1-o'rinni taqdim etdi. SHu kungacha o'tkazilgan barcha Jahon chempionatlarida Rossiya terma jamoasi 1-o'rinni egallab kelayotgan edi. Demak, Toshkentda anana buzildi: Yangi O'zbekiston yoshlarining yangi g'alabalari barchamizga muborak bo'lsin!

Qo'l jangi bo'yicha Jahon chempionatida g'olib va sovrindor bo'lgan sportchilarimiz ro'yxati:

Oltin medal sohiblari:

O.Normurodov (-70 kg), M.Quvondiqova (-55 kg), G.Normatova (-50 kg), G'.Jamoliddinov (-60 kg), S.Jaloliddinova (-60 kg), S.Kim (-70 kg), U.Nizomiddinov (-85 kg), J.Raxmonaliev (-90 kg);

Kumush medal sohiblari:

J.Sobitov (-55 kg), J.Jumaev (-75 kg), N.Narziqulova (-46 kg), S.Rajabova (-55 kg), SH.Tursunov (-60 kg), I.Ergashev (-65 kg), U.Jumanova (-65 kg), J.Solixonov (-80 kg), U.Abdullaev (-70 kg), F.Qosimov (-85 kg), R.Qo'chqorova (+75 kg).

Bronza medali sohiblari:

B.Otajonov (-55 kg), M.Xotamov (-80 kg), S.Sattorqulov (-90 kg), I.Komilov (+90 kg), SH.Zohidova (-46 kg), M.Omadova (-50 kg), Z.Suyumova (-60 kg), E.SHmikova (-75 kg), M.Esonova (-75 kg), N.Umarova (+75 kg), M.Esonova (mutlaq vaznda).














Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing