08 fev 09:38
Yangiliklar
Boshqalar

Qo'l jangi. "Universal"da O'zbekiston chempionati bo'lib o'tmoqda
Poytaxtimizdagi "Universal" sport saroyida qo'l jangi sport turi bo'yicha O'zbekiston chempionatiga start berildi.
Musobaqada Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va mamlakatimizning barcha viloyatlaridan kelgan 900 nafarga yaqin iqtidorli o'g'il-qizlar g'oliblik yo'lida bahslarga kirishishgan. CHempionat 16-17 hamda 18 yoshdan kattalar o'rtasida o'tkazilyapti.
SHuningdek, O'zbekiston chempionatida CHegara qo'shinlari, Davlat Xavfsizlik Xizmati, Milliy Gvardiya, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar va Mudofaa vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan sportchilar ishtirok etishyapti. Musobaqaning barcha g'olib va sovrindorlari ertaga kunning ikkinchi yarmida malum bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar