30 mar 14:11
Yangiliklar
Boshqalar
Qo'l jangi ustalari Toshkentda bellashmoqda
Poytaxtimizdagi “Universal” sport saroyida qo'l jangi bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasida mamlakat chempionati o'tkazilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, mamlakatimiz huquqni muhofaza qilish organlari qo'l jangi federaciyasi va bir qator tashkilotchilar tomonidan o'tkazilayotgan chempionatda 500 nafardan ortiq sportchi g'oliblik uchun kurash olib bormoqda.
CHempionatni o'tkazishdan asosiy maqsad – O'zbekiston terma jamoasini mahoratli sportchilar bilan to'ldirish va xalqaro maydonlarda munosib qatnashishdir. Musobaqaning ochilish marosimida bir qator sportchilarga O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan sport ustasi guvohnomasi topshirildi.
Musobaqaning final bahslari 31 mart kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : uza.uz
Fikrlar