So’nggi yangiliklar

13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0

10 avg 10:24
Yangiliklar

SHaxmat

"Qonaev Cup 2025". Suyarovda yana g'alaba va boshqa natijalar

Qozog'istonning Olma-Ota shahrida shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli "Qonaev Cup 2025" turniri bo'lib o'tmoqda.

Uchta guruhda tashkil etilayotgan musobaqada 19 davlatdan jami 268 nafar shaxmatchi sovrinli o'rinlar uchun bahs olib bormoqda. Ushbu turnirda O'zbekiston sharafini 5 nafar shaxmatchimiz himoya qilyapti. 

Mukofot jamg'armasi 78 000 dollarni tashkil etuvchi "Masters" guruhida Muhammadzohid Suyarov (2488) va Humoyun Begmuratov (2466), 15 000 dollar sovrin puliga ega "Challengers" guruhida esa grossmeysterimiz Aleksey Barsov (2323), shuningdek Miraziz Matyakubov (2260) hamda Azamat Daurimbetov (2199) o'z omadini sinab ko'rmoqda.

Oltinchi turda Muhammadzohid Suyarov oq donalarda qozog'istonlik Ergali Suleymanni mag'lubiyatga uchratdi. Ochkolarini 4 taga etkazib olgan Suyarov qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 25-pog'onadan 16-o'ringa ko'tarilib oldi. Beshinchi o'rindan joy olgan hindistonlik Ayush SHarma hisobida ham 4 ochko bor. 

Humoyun Begmuratov bu turda oq donalarda o'ynadi. Yosh shaxmatchimiz amerikalik Maksimiliyan Lu bilan murosaga keldi. Humoyun 2,5 ochko bilan hamon 48-pog'onani band etib turibdi. Bugun 7-turda Muhammadzohid Suyarov qora donalarda armanistonlik grossmeyster Aram Hakobyanga qarshi bahs olib boradi. Begmuratov esa qozog'istonlik Erlan Tleuxanovga qarshi qora donalarda o'ynaydi. 

"Challengers" guruhida qatnashayotgan uch nafar shaxmatchimizning bari 5-turda g'alabaga erishgandi. Oltinchi turda esa ular qimmatli ochkolarni yo'qotishdi. Tajribali grossmeysterimiz Aleksey Barsov qora donalarda qirg'izistonlik Nurgazi Jinbekov bilan durang qayd etdi. Miraziz Matyakubov oq donalarda o'ynaganiga qaramay, qozog'istonlik Abilmansur Abdilxayirga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Azamat Daurimbetov esa mezbonlarning yana bir shaxmatchisi Dinmuhammed Tulendinov bilan murosaga keldi. 

Ettinchi tur oldidan Azamat Daurimbetov 4,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 9-o'rinni egallab turibdi. Beshinchi o'rindagi Dinmuhammed Tulendinov hisobida ham 4,5 ochko bor. Aleksey Barsov 4,5 ochko bilan 10-o'rinni band etgan. Miraziz Matyakubov 4 ochko bilan 12-o'ringa pastladi. To'rt nafar ishtirokchi 5 tadan ochko jamg'arib, "Challengers" guruhida karvonboshilik qilmoqda. Qozog'istonlik Abilmansur Abdilxayir qo'shimcha koeficentlarga ko'ra peshqadam bo'lib turibdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing