04 avg 14:26
Yangiliklar
Futbol

"Qo'qon-1912" Aziz Haydarovga qiziqish bildirmoqda
Xabaringiz bor, Superliga 20-turi doirasida "Qo'qon-1912" jamoasi Toshkentda "Bunyodkor"ni mag'lub (3:1) etgan edi.
Ushbu g'alabadan so'ng qo'qonliklar chempionatda birinchi oltitalikka kirish imkoniyatini saqlab qolishdi.
"Qo'qon-1912" klubi "qaldirg'ochlar" yarim himoyachisi Aziz Haydarovga qiziqish bildirmoqda. "Bunyodkor" stadionida kechgan uchrashuv yakunlanganidan keyin jamoa bosh murabbiyi No'mon Hasanovning shaxsan o'zi bu haqda futbolchiga malum qildi. Tomonlar bu taklifni jiddiy ko'rib chiqishadimi yoki yo'q, buni vaqt ko'rsatadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar