So’nggi yangiliklar

16:49Забит Магомедшарипов укасининг мағлубияти учун Росасдан қасос олмоқчи 0 16:1711 нафар ўзбек боксчиси WBC'нинг янгиланган рейтингидан жой олди 0 15:45Дзюдочи қизларимиз Японияда машғулотларни бошлади 0 15:18"Бу 100 фоизлик коррупция". Бельгия матбуоти — Балогуннинг ЖЧдаги кечиктирилган дисквалификацияси ҳақида 0 14:43UFC чемпиони Том Аспиналл Рожер Федерер билан учрашди + ФОТО 0 14:03Боксчиларимизнинг Осиё чемпионатидаги юриши бошланди 0 13:38Деонтей Уайлдер жамоаси Усик билан жангни инкор қилмади 0 13:10Яна бир мураббий ЖЧдан сўнг истеъфога чиқди 0 12:38Нодиржон Мирзаҳмедов ва бошқалар. Тошкентдаги "AAA Promouter" турниридан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:56Макгрегор - Холлоуэй жангини суғурталайдиган спортчи айтилди 0 11:32Мейвезер амалдаги энг яхши беш боксчини санаб берди 0 10:59Илгиз Танташевнинг ЖЧ-2026`даги тақдири маълум! 0 10:27SuperUnited Rapid & Blitz Croatia 2026. Нодирбек ва Алиреза бир хилда очко тўплади, чемпион номини армагедон ҳал қилди 0 09:54Нурмагомедов: "Ҳеч ким Махачев рекордини янгилай олмайди" 0 09:21ACBJJ 21: Росас Магомедшариповни, "Гладиатор" эса Петросянни тўхтатди, Зубайрада мағлубият! 0

06 jan 15:46
Yangiliklar

Futbol

"Qo'qon-1912" mashg'ulotiga Osiyo chempioni qo'shildi

Teglar :  Qo'qon-1912Sidorov
"Qo'qon-1912" jamoasi 2020 yilning dastlabki o'quv-yig'in mashg'ulotlarini Toshkent shahrida o'tkazmoqda.

Kecha jamoa azolari dastlabki mashg'ulotlarni o'tkazishgan edi. Bugun esa Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari ikki mahal mashg'ulotlarda ishtirok etishdi. Mashg'ulotlar "Paxtakor" akademiyasiga qarashli suniy qoplamali maydonda hamda "Bunyodkor" akademiyasining tabiiy maydonlarida bo'lib o'tmoqda.

"SHunqorlar"ning bugungi mashg'ulotlariga yangi futbolchilar kelib qo'shilgan. Barcha muxlislarimizga yaxshi tanish bo'lgan hujumchi, Osiyo chempioni Andrey Sidorov hamda yarim himoyachi Sobit Sindarov Toshkentning "Paxtakor" jamoasidan kelib qo'shilishgan. Hozircha bu futbolchilar jamoa ko'rigida bo'lib turishibdi. 

SHuningdek, o'tgan mavsumning ikkinchi qismini Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi tarkibida o'tkazgan Muhammadanas Hasanov ham ijara muddati yakuniga etgach, jamoa tarkibiga qaytib kelgan.

"Qo'qon-1912" jamoasi 9 yanvar kuni Dushanbening "Istiqlol" klubiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishi haqida xabar bergan edik. Yana ikkita o'rtoqlik o'yinlari uchun sparring raqiblar bilan kelishuvga erishildi. Bu haqida keyingi xabarlarimizda batafsil malumot beramiz", - deb yozadi "Qo'qon-1912" matbuot xizmati.

Malumot uchun, Andrey Sidorov o'tgan mavsum "Buxoro" safida 7 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing