05 sen 14:05
Yangiliklar

“Qo'qon-1912”: "Yurtboshimiz xotirasi qalbimizda abadiy!"
Yurtimiz mustaqilligining asoschisi, xalqimizning sevimli rahbari, hurmatli Islom Abdug'anievich Karimovning oramizdan bevaqt ketganlari barcha yurtdoshlarimiz kabi “Qo'qon-1012” jamoasi azolarini ham chuqur qayg'uga soldi.
Qo'qon shahrining markazida joylashgan “Ozodlik xiyoboni”da muhtaram Prezidentimiz bilan vidolashish davom etmoqda. Keksayu yosh barcha ko'zda yosh bilan hurmatli Yurtboshimizning poylariga gullar qo'yib, tazim bajo keltirishmoqda.
SHu jumladan, jamoa azolari ham Prezidentimizga tazim bajo keltirib, u kishining porloq xotiralari oldida bosh egdilar. Asosiy tarkib futbolchilari CHirchiq shahrida o'quv-yig'in mashg'ulotlarida ishtirok etayotgani bois, bu tadbirda asosan yoshlar ishtirok etishdi.
Fikrlar