20 jan 17:55
Yangiliklar
Futbol

"Qo'qon-1912"da serbiyalik hujumchi ko'rikdan o'tadi
No'mon Hasanov boshchiligidagi "Qo'qon-1912" jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Qo'qonliklar safida yaqin orada yangi legioner futbolchi paydo bo'ladi.
Serbiyalik Filip Rayevac "Qo'qon-1912" tarkibida ko'rikdan o'tadi. Agar
murabbiylarga uning harakatlari maqul kelsa futbolchi 2017 yilgi
mavsumni "Qo'qon-1912"da boshlaydi.
1992 yilda tug'ilgan Rayevac
185 sm bo'yga ega hujumchi hisoblanadi. Futbolchi o'z mamlakatida bir qator
klublar safida o'ynagan. Uning so'nggi jamoasi Belgradning OFK klubi
bo'lgandi. Hujumchi butun faoliyati davomida 138ta o'yinda 42ta gol urishga
erishgan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar