17 fev 13:32
Yangiliklar
O'q otish
Qo'qonda kamondan otish bo'yicha O'zbekiston chempionati boshlandi
Qo'qon shahrida kamondan otish bo'yicha Respublika birinchiligiga start berildi.
Kattalar va yoshlar o'rtasida tashkil etilayotgan mamlakat qishki chempionatida yurtimizning turli hududlaridan 75 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Merganlar 18 metr masofadan nishonni mo'ljalga olishlari lozim bo'ladi.
Bahslarda o'zini ko'rsata olgan sportchilar O'zbekiston terma jamoasi safidan joy olishlari mumkin. Musobaqani terma jamoamiz murabbiylari ham kuzatib borishmoqda. Bellashuvlar 20 fevralga qadar davom etadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar