15 okt 17:32
Yangiliklar
"Qora tanli tennischilarga osonmi?" Serena Uilyams javob beradi
"Menga ona rolini u qadar yaxshi bajara olmayotganimdek tuyuladi. Biz gapirib berish juda qiyin bo'lgan tuyg'ularni boshdan o'tkazamiz.
Qora tanli tennischi bo'lish va sport bilan shug'ullanish oson emas. Bizda intilish uchun qandaydir inson bo'lmagan. To'g'ri, Vinus faoliyatini mendan avvalroq boshlagan va men uchun ko'plab eshiklarni ochib bergan. Buning uchun undan minnatdorman.
Meni ko'krak saratoniga chalinganlarni qo'llab-quvvatlash reklamasiga taklif qilishganida rozi bo'lganman. Ammo, qo'shiqchi emasligimni aytib ogohlantirib qo'yganman. Lekin, o'sha rolik ajoyib chiqdi. Kasallikni dastlabki bosqichlarida aniqlab olish juda muhim. Bu sizning hayotingizni o'zgartirib yuborishi mumkin", - dedi Uilyams.
Fikrlar