So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

05 avg 18:30
Yangiliklar

Boshqalar

Qorako'l tumani olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga hujjatlar qabul qilinmoqda

Teglar :  Qorako'lKollej
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 12 iyuldagi 576-sonli qarori bilan Buxoro viloyati Qorako'l tumanida olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatini tashkil etilgan edi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirining joriy yil 27 iyuldagi tegishli buyrug'i bilan ushbu muassasaga 2019/2020 o'quv yili uchun qabul rejasi tasdiqlandi.

Buyruqqa asosan, Qorako'l tumani olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga 2019/2020 o'quv yili uchun quyidagi yo'nalishlar bo'yicha hujjatlar qabul qilinmoqda:

Muassasaga hujjatlar 2019 yil 20 iyuldan 10 avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi hamda kirish imtihonlari 15-22 avgust kunlari o'tkaziladi.

Hukumat qaroriga asosan maktab-internatning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha yangi ilmiy-metodik tavsiyalar va yutuqlar asosida sport zaxiralarini, terma jamoalarga yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlash;

davlat talim standartlari, o'quv reja va dasturlari talablari asosida o'quvchilarning talim tayyorgarligini taminlash;

zarur hollarda olimpiya sport turlari bo'yicha xorijiy trenerlar va mutaxassislarni taklif qilgan holda ilg'or ilmiy-metodik tavsiyalar asosida yosh sportchilarni tayyorlash borasida o'quv-mashq jarayonlarini yuqori darajada tashkil etish;

o'quvchilarning jismoniy tayyorgarligi va texnik-taktik ko'nikmalarini takomillashtirish, professional fazilatlarini rivojlantirish, shuningdek sportni rivojlantirish xalqaro talablariga muvofiq holda O'zbekiston milliy terma jamoalari zaxirasini tayyorlash darajasini oshirish;

o'quvchi-sportchilar va trenerlar tarkibining professional mahoratini oshirish uchun xorijiy sport maktablari va klublari bilan tajriba almashish bo'yicha hamkorlikni kengaytirish.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing