12 dek 13:12
        Yangiliklar	
	
				
				    Boshqalar			    
				
				
			
				Qoraqalpog'istonlik qizlar Jahon chempionatida g'alaba qozonib qaytishdi
Tatariston Respublikasining Qozon shahrida belbog'li kurash sport turi bo'yicha 2001-2003 yillari tug'ilgan o'smirlar o'rtasida Jahon chempionati o'tkazildi.
			Dunyoning 31 davlatidan tashrif buyurgan sportchilar ishtirok etgan musobaqada yurtimiz sharafiniNukus shahridagi 1-sonli sport maktabining 5 nafar kurashchi qizlari himoya qilishdi.
Kurash qizlarimizdan Ulmeken Uzaqbergenova (52 kg) barcha raqiblarini mag'lub etib, jahon chempionligini qo'lga kiritgan bo'lsa, Bibigavxar Polatbaeva va Jamila Xojaxmetova (63 kg) kumush medal, Gulimxan Orinbaeva (44 kg) bronza medali sohibi bo'lishdi.

            Havola            :         
                    Manba                : minsport.uz
            
			
Fikrlar